Galaxy S9, Xiaomi Mi7 va LG G7 flagmanlarini nima bog‘lab turadi?

Galaxy S9, Xiaomi Mi7 va LG G7 flagmanlarini nima bog‘lab turadi?

Bir necha yillar ilgari xaridorlar protsessorlarning farqiga ham borishmas va smartfon savdosida chip modeli raqobatda u qadar ahamiyatga ega emas edi. Bugun esa Android devayslar ishlab chiqaruvchilarining taqdiri Qualcomm protsessor brendi bilan chambarchas bog‘liq.

So‘nggi yillarda Snapdragon 820/821/835 modellari o‘rnatilgan smartfonlar bozorda tezkor ommalashdi. Navbat esa Snapdragon 845 modeliga. Chipmeykerning mazkur flagman protsessori dekabrda taqdim qilinadi.

Uning ilk partiyasi allaqachon Samsung Galaxy S9 uchun xarid qilib qo‘yilgan. Biroq, kompaniya yangi yilda o‘zining 8 nanometrli texnologiyada ishlaydigan Exynos 9810 protsessorini ko‘p miqdorda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi va bu gal bu borada yakka hokimlik uzoqqa cho‘zilmaydi.

Avvaliga protsessorning ma’lumotlarni 7 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlashi ma’lum qilingan edi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, uning texnik jarayoni avvalgi model kabi, 10 nanometrli bo‘ladi. Shuningdek, Snapdragon 845 LPE FinFET texnologiyasida ishlab chiqariladi. Low Power Early, ya’ni bu chip quvvatga o‘ta tejamkorligi bilan ajralib turadi.

O‘qingSamsung Galaxy S9'ning ilk render-suratlari tarqaldi

Snapdragon 845'da neyronli qayta ishlash va sun’iy intellekt tizimi uchun alohida yordamchi protsessor ham bo‘ladi.

Yangi platformada Kryo protsessor yadrosi hamda Adreno 630 video-kartasi, ilg‘or X20 LTE-modemi takomillashadi, ma’lumotlarni qayta ishlash samaradorligi oshadi. Jumladan, LTE tarmoqlarida bu smartfonning ishlash tezligi sekundiga 1,2 Gbit.ga yetadi.

Snapdragon 835 bilan taqqoslaganda, uning ishlash samaradorligi 25% ga oshadi va bir yadroli testda Geekbench'da 2600-2700 ball to‘plashi kutilmoqda.

Snapdragon 845 protsessoriga ega smartfonlar 2018 yilning I choragida taqdim qilinadi. Birinchilardan bo‘lib bu chip Galaxy S9, Xiaomi Mi7 hamda LG G7'ga o‘rnatiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.