Galaxy S9 yuzni tanish texnologiyasi – Intelligent Scan bilan tanishing! (video)

  •   DiMaX
  •  1298
  •  29.01.2018 15:38

Galaxy S9 yuzni tanish texnologiyasi – Intelligent Scan bilan tanishing! (video)

Samsung kompaniyasi Galaxy S9 hamda S9+ smartfonlarini Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2018 ko‘rgazmasining «nolinchi kuni» – 25 fevralda namoyish etishidan xabaringiz bor. Taqdimot sanasi yaqinlashgani sayin, ushbu flagmanlar xususida tobora ko‘p ma’lumotlar chiqayotir.

O‘QING: Sir saqlashga hojat yo‘q: Galaxy S9'ning matbuot-suratlari tarqaldi

Dasturchilar Samsung’ning sozlamalar ilovasini o‘rganib chiqib, unda shu paytgacha ma’lum bo‘lmagan «Intelligent Scan» texnologiyasi haqidagi qaydga duch kelishdi. Bu haqda AndroidPolice nashri xabar bermoqda. Galaxy S8/S8+ uchun tayyorlangan Android Oreo beta-talqinida yoki boshqa rusumdagi birorta Samsung smartfoni uchun tayyorlangan dasturiy ta’minotlarda bunday atama uchramaydi.

«Intelligent Scan» texnologiyasi tavsifiga ko‘ra, u «yomon yoritilgan sharoitlarda ham eng yaxshi natijalarga erishish uchun ko‘zning rangdor pardasi skaneri hamda yuzni tanish texnologiyasining birikmasi»dan iboratdir.

Mana, uning qanday ishlashi quyidagi videoda aks ettirilgan:

Hozirgacha tarqalgan gap-so‘zlarga qaraganda, «Intelligent Scan» texnologiyasi Galaxy S9 bilan birga taqdim etiladi. Keyin esa Samsung uni o‘zining navbatdagi smartfon modellariga ham tatbiq etishi mumkin.

O‘QING: Skanerli displeyga ega smartfonning sotuvga chiqish vaqti va narxi aytildi (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!