“Gazprom” Tizen platformasida ishlaydigan Samsung telefonlaridan foydalanadi

“Gazprom” Tizen platformasida ishlaydigan Samsung telefonlaridan foydalanadi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Rossiya elektronika bozorida juda samarali faoliyat olib boradi. Kompaniya, ayni vaqtda Rossiya B2B segmentiga ham shiddat bilan kirib kelmoqda.

Masalan, Samsung‘ning Tizen platformasida ishlaydigan telefonlari Rossiyaning yirik “Gazprom” xoldingiga yetkazib berilmoqda. Tez orada Rossiya aloqa vazirligi ham mazkur platformadagi telefonlar bilan ta’minlanadi.

Samsung‘ning Rossiyadagi vakolatxonasining xabar berishicha, rus hukumati Tizen platformasining himoyaviy xususiyatlariga yuqori baho bergan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu platformadagi eng ommabop model –  Z3 Corporate Edition hisoblanadi. Model Rossiya bozori uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Demak, aynan Z3 Corporate Edition Rossiya hukumati tashkilotlariga yetkazib berilishi mumkin. Tez orada Tizen platformasida ishlaydigan yuksak texnik parametrlarga ega Z9 modelining namoyish etilishi ham kutilmoqda.

Albatta, hukumat tashkilotlarining mazkur platformaga o‘tishi ma’lumot xavfsizligi bilan uzviy bog‘liqdir.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.