Geotel A1 – himoyalangan korpus + Android 7.0 Nougat

Geotel A1 – himoyalangan korpus + Android 7.0 Nougat

Geotel  kompaniyasi arzon smartfonlar tasnifiga kiradigan himoyalangan korpusga ega yangi Geotel A1 smartfonini taqdim qildi. Eng ajablanarlisi, ushbu model  Android 7.0 Nougat dasturida ishlaydi.

Geotel A1 bir kristalli MT6580M protsessori,  1 Gb tezkor xotira va 8 GB doimiy xotira bialn ta’minlangan. Ekranning diagonali 4,5 dyuym, aniqligi 960x540 piksel.

8 Mpli sensor asosiy kamera vazifasini bajaradi, old kameraning aniqligi 2 Mp. Batareya sig‘imi 3400 mA/soat, bu esa smartfondan bir sutkadan ko‘proq foydalanish imkoniyatini beradi.

Qurilmaning korpusi IP67 stadarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan.

Qurilma shu oyda sotuvga chiqadi. Narxi 100 dollar atrofida bo‘lishi ma’lum qilingan.