Gionee 4 kamerali smartfonni o‘rta narxga baholadi

Gionee 4 kamerali smartfonni o‘rta narxga baholadi

Gionee “S” smartfonlar turkumini 3 ta yangi modellar bilan boyitdi. Yangi devayslar Gionee S10, S10B, S10C deb nomlandi. Mobil aloqa vositalari Android 7.0 (Nougat) operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi. Ularda barmoq izlari skaneri mavjud.

Gionee S10 – flagman smartfon bo‘lib, uning bosh kamerasi qo‘sh ob’yektivli: ulardan biri 16, boshqasi 8 megapikselli. Shuningdek, flagmandagi old kamera ham 2 ta: biri 20 va ikkinchisi — 8 Mp sig‘imli. Gionee S10 5.5 dyuymli FullHD hamda 2.5D effektiga ega qayrilma shisha bilan qoplangan displey, MediaTek’ning Helio P25 chipseti, 6 Gb tezkor xotira, 3450 mA∙soatli akkumulyator bilan ta’minlangan.

Gionee S10B – o‘rta darajali devays bo‘lsa ham, uning bosh kamerasiga 2 ta — 13 va 5 megapikselli ob’yektivlar o‘rnatilgan. Uning old kamerasi bitta — 16 Mp sig‘imli. Unga ham 5.5 dyuymli FullHD hamda 2.5D effektiga ega qayrilma shisha bilan qoplangan displey, Helio P10 chipseti, 4 Gb tezkor xotira, 3700 mA∙soat sig‘imli batareya o‘rnatilgan.

Gionee S10C – eng kichkina model bo‘lib, ekran diagonali 5.2 dyuym, sig‘imi — HD. Uning bosh kamerasi 13 megapikselli, old kamera sig‘imi esa 16 megapiksel. Bu model uchun Qualcomm’ning boshlang‘ich darajali, bir kristal va 4 yadroli Snapdragon 427 protsessori, 4 Gb tezkor xotira va 32 GB doimiy xotira, xotira bo‘lmachasi va 3100 mA∙soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyator tanlangan.

Smartfonlar narx-navosi:
• S10: $378;
• S10B: $320;
• S10C: $233;

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!