Gionee M7 Plus -- biznes-smartfon taqdim qilindi

Gionee M7 Plus -- biznes-smartfon taqdim qilindi

O‘tgan hafta yakunida Gionee kompaniyasi bir nechta yangi gadjetlarini taqdim qildi. Ulardan biri biznes doirasi vakillariga mo‘ljallangan Gionee M7 Plus smartfonidir. Ushbu devays premium-dizayni bilan diqqatga sazovor. Shu bilan birga, uning korpusi tilla suvi yugurtirilgan (21K) hamda qayta ishlangan tabiiy charm qoplangani bilan o‘ziga xosdir.

Shuningdek, Gionee M7 Plus smartfoni 6,43 dyuymli, tomonlar nisbati 18:9 standartidagi, Full HD+ sig‘imli displey bilan ta’minlangan. Unga "bayroqdor"lardan bir qadam orqada bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 660 chipseti hamda Adreno 512 video-kartasi, 6 Gb operativ va 128 Gb (kengaytirish mumkin bo‘lgan) doimiy xotira o‘rnatilgan.

"Qo‘sh ko‘zli" devaysning old kamerasi 16 Mp (f/1,8) va 8 Mp datchiklar birikuvidan iborat. Gadjetning old kamerasi 8 megapikselli aniqligidagi surat oladi.

Gionee M7 Plus'dagi 5000 mA soat akkumulyatorni tezkor quvvatlash (9V/2A), shuningdek simsiz ham quvvatlash mumkin.

Qolaversa, uning "biznes-smartfoni" ekanini "borti"dagi 2 ta alohida, shifrlashga mo‘ljallangan chiplardan ham bilish mumkin. Ulardan biri foydalanuvchi ma’lumotlarining xavfsizligi uchun javobgar bo‘lsa, ikkinchi moliyaviy va to‘lov tizimlari ma’lumotlarini himoya qiladi.

Gionee M7 Plus o‘lchamlari: 166,5 x 81,6 x 8,7 mm, apparat vazni esa 241 gramm. Smartfon qadoqdayoq Android 7.1 Nougat'ga asoslangan Amigo 5.0 tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Ko‘rinib turibdiki, Gionee M7 Plus "jiddiy" smartfonlardan biri. Uning narxi ham flagmanlarga yaqin -- $670 dollar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!