Gobida quyosh batareyalari

Gobida quyosh batareyalari

Xitoyda qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalari ulushini oshirishga qaror qilindi. Uylarni ko‘mir yordamida isitishga ko‘nikib qolgan mamlakat endilikda quyosh nurlarini elektr tokiga aylantiradigan akkumulyatorlardan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Quyosh batareyalari joylashgan xududning umumiy maydoni 320 kvadrat kilometrni tashkil etadi. U Parij shahrining maydonidan uch baravar katta. Fotoelektr elementlar majmuasining rahbari Veya Langning so‘zlariga ko‘ra, shu paytga qadar Gobi sahrosining xududidan mutlaqo foydalanilmagan. Chunki bu yerning tuprog‘i ekin yetishtirish uchun yaroqsiz. Bugun esa u juda katta foyda keltirishi mumkin. Xitoyning ushbu xududida bir yilda o‘rtacha 280 kun mobaynida quyosh charaqlab nur sochib turadi. Qish faslida ham havo-harorati juda sovib ketishiga qaramay, osmon musaffo bo‘ladi. Bu esa quyosh nurlaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Muqobil energiya manbaalari hosil qilinadigan bunday uskunalarning yana bir yashi jihati, ular kamida 25 yil uzluksiz xizmat qilishga mo‘ljallangan.