Gonkongda yilning eng yaxshi startaplari aniqlandi

Gonkongda yilning eng yaxshi startaplari aniqlandi

O‘tgan hafta yakunida Gonkongda WTIA (Simsiz texnologiyalar sanoati assotsiatsiyasi) tomonidan 2012 yildan boshlab o‘tkazib kelinayotgan, ilg‘or startaplarni aniqlashga bag‘ishlangan Asia Smartphone Apps Competition (Osiyoning eng yaxshi smartfon ilovalari musobaqasi) tanlovi tashkil etildi.

Nufuzli tadbirda 4 yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi axborot texnologiyalari loyihalari baholanib, ulardan 3 tasida isroillik dasturchilarning g‘oyalari g‘olib deb topildi.

Xususan, Tekoia kompaniyasining maishiy va raqamli texnika vositalarini masofadan turib boshqarishni ta’minlovchi  SURE Universal Remote ilovasi «Reklama va marketing» toifasi bo‘yicha 1-o‘ringa munosib deb topilgan.

Castle Builders kompaniyasining bepul interaktiv multimedia ilovalari yoki albomlar yaratish imkonini beruvchi Bookclip startapi “O‘yinlar va ko‘ngilochar ilovalar” yo‘nalishida tengsiz deb topilgan.

Musobaqada ishtirok etgan, isroillik dasturchilar taqdim etgan yana bir Bazz Safe Connect startapi “Hayotga ijodiy yondashuv” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Mazkur ilova yordamida avtomobil haydovchisi chalg‘imagan holda matnli xabarlarni tinglashi, yuborishi mumkin.

Isroillik ishtirokchilarning muvaffaqiyatini so‘nggi yillarda Isroilda rivojlanayotgan mobil ilovalar sanoati, osiyolik kompaniyalarning ularga bo‘lgan talabining oshishi bilan bog‘lash mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!