Google: 2017 yilda chiqadigan barcha xrombuklar Android ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi

Google: 2017 yilda chiqadigan barcha xrombuklar Android ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi

Google Play ilovalarini qo‘llab-quvvatlaydigan Chrome OS operatsion tizimining ilk barqaror versiyasi 2016 yilda tayyorlangan. Ammo haligacha faqat ASUS Chromebook Flip, Acer Chromebook R11 va Google Chromebook Pixel (2015) xrombuklarigina Android ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi, boshqa xrombuklarda esa bunday funksiya mavjud emas.

3D News nashrining ma’lum qilishicha, Google kompaniyasi 2017 yilda chiqadigan barcha xrombuklar  Android ilovalarni qo‘llab-quvvatlashiga va’da bergan. Bundan tashqari, avvalroq chiqarilgan ba’zi xrombuklarga ham qanchadir muddatdan keyin Android ilovalarni o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Google kelgusi ikki yil ichida Android  uchun chiqarilgan dasturlarni Chrome OS operatsion tizimiga o‘tkazishni rejalashtirgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!