Google Chrome brauzeri 2 milliarddan ortiq qurilmaga o‘rnatilgan

Google Chrome brauzeri 2 milliarddan ortiq qurilmaga o‘rnatilgan

Google kompaniyasi yaqinda dasturchilar uchun o‘tkazilgan Chrome Dev Summit 2016 konferensiyasida birinchi marta Chrome brauzerining o‘rnatilish qo‘lamiga aniqlik kiritdi.

Chrome Engineering bo‘limi vitse-prezidenti Derin Fisherning qayd etishicha, butun dunyo bo‘ylab Chrome brauzeri o‘rnatilgan qurilmalarning soni 2 milliardan ortiqdir. IXBT saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, Google bundan avval Chrome brauzerining qancha gadjetlarga o‘rnatilishiga oid ma’lumotlarni oshkor qilmagan. Faqatgina shu yilning aprel oyida Chrome brauzerining mobil ilovasini oyiga 1 milliardga yaqin foydalanuvchilar ishlatishi borasida xabar berilgan, xolos.

Google kompaniyasining hozirda foydalanuvchilar bazasi 1 milliarddan ortiq bo‘lgan 7 ta mahsuloti mavjud. Bular: Gmail, Android, Chrome, Maps, Search, YouTube va Google Play resursidir.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.