Google’dan ajoyib beshlik: Chromecast Ultra 4K HDR (Video)

Google’dan ajoyib beshlik: Chromecast Ultra 4K HDR (Video)

Kecha AQShda o‘tkazilgan gadjetlar taqdimotida Google kompaniyasi uchinchi avlod Chromecast Ultra 4K HDR nomli mediapristavkani ham namoyish qildi. Ushbu dongl taqdimotidan keyin 30 mln nusxada sotilgan Chromecast 2 pristavkasining davomchisidir. Chromecast Ultra moslamasini ham istalgan gadjet: smartfon, planshet yoki kompyuter yordamida boshqarish mumkin. U 4K, Dolby Vision va NDR formatidagi materiallarni televizorga translatsiya qila oladi.

google-pixel-100416-google-chromecast-ultra-1332

Shuningdek, takomillashgan Wi-Fi sababli Chromecast Ultra kontentni 1,8 marta tez va sifatli uzata oladi. Eng qizig‘i, endilikda u Ethernet tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Mediapleyer noyabr oyida sotuvga chiqariladi. Narxi – 69 dollar. U AQSh bozorida Xiaomi Mi Box pristavkasiga bevosita raqobatchi bo‘lishi aytilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.