Google’dan ajoyib beshlik: Pixel va Pixel XL smartfonlari
Kecha Google kompaniyasi AQShning San-Fransisko shahrida bir nechta innovatsion qurilmalarni namoyish qildi. Shubhasiz, Google’ga qarashli ilk smartfonlar bo‘lgan Pixel va Pixel XL taqdimotning asosiy gadjetlariga aylandi.
AQShlik gigant boshqa smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan andoza olib, bir yo‘la 2 xil variantdagi telefonlarni taqdim qildi. Quyida ushbu smartfonlarga tegishli texnik parametrlarni keltiramiz:
Google Pixel ko‘rsatkichlari:
- displey: 5-dyuymli, AMOLED, 1920x1080 piksel sig‘imida, Gorilla Glass 4;
- protsessor: 4-yadroli Snapdragon 821, 2,15 GGs;
- tezkor xotira: 4 GB;
- doimiy xotira: 32 yoki 128 GB;
- asosiy kamera: 12,3 Mp, f/2,0, piksel o‘lchami – 1,55 mkm;
- old kamera: 8 Mp;
- aloqa: 4G, NFC, Wi-Fi, Bluetooth, GPS;
- akkumulyator: 2 770 mA/st;
- OT: Android 7.1 Nougat;
- slotlar: USB Type-C, 3,5-mm audioslot;
- qo‘shimcha: barmoq izi skaneri;
- rang: oq, qora, ko‘k.
Google Pixel XL ko‘rsatkichlari:
- displey: 5,5-dyuymli, AMOLED, 2560x1440 piksel sig‘imida, Gorilla Glass 4;
- protsessor: 4-yadroli Snapdragon 821, 2,15 GGs;
- tezkor xotira: 4 GB;
- doimiy xotira: 32 yoki 128 GB;
- asosiy kamera: 12,3 Mp, f/2,0, piksel o‘lchami – 1,55 mkm;
- old kamera: 8 Mp;
- aloqa: 4G, NFC, Wi-Fi, Bluetooth, GPS;
- akkumulyator: 3 450 mA/st;
- OT: Android 7.1 Nougat;
- slotlar: USB Type-C, 3,5-mm audioslot;
- qo‘shimcha: barmoq izi skaneri;
- rang: oq, qora, ko‘k.
Narxlari: Google Pixel 32 GB – $649, 128 GB – $749. Google Pixel XL 32 GB – $769, 128 GB – $869.