Google'dan "issiqqina" PixelBook'ni qarshi oling

Google'dan

GOOGLE bugun Kaliforniyada keyingi avlod ChromeOS noutbuki – PixelBook gadjetini taqdim qildi. ChromeBook Pixel "merosxo‘ri" endi Google Pixelbook nomi bilan ataladi.

Google uni eng samarali tizimga ega ChromeBook deb atadi.

PixelBook korpus qalinligi 10 mm va 1 kg tosh bosadi.

PixelBook'ga xos muhim jihatlar qatorida uning Google Assistant aqlli yordamchi tizimini qo‘llab-quvvatlashini aytish mumkin. Bu -- shunday qobiliyatga ega ilk Google ChromeBook noutbukidir.

Assistant yordamchi tizimini noutbukka ovozli buyruq berib ham ishlatish mumkin. Go‘yo Pixel smartfonlari yoki Google Home aqlli kolonkalaridan biror nimani so‘ragandek.

Mazkur ChromeOS gadjetining o‘ziga xosligi -- uning stilus qalamchasini ham qo‘llab-quvvatlashidir. PixelBook Pen qalamchasi suratlarni tahrir qilish yoki displeyda yozuv qolidirsh uchun ayni muddao. Google Assistant bu qalamchada qoldirilgan so‘rovlarga ham javob izlab beradi.

Google'ning yangi qalamchasi imkoniyati bilan Surface Pen va Apple Pencil kabi raqiblari bilan bellasha oladi.

Pixelbook yig‘ilib, misoli planshetga aylanib qoladi.

Google PixelBook 12.3 dyuymli va Quad HD sig‘imli sezgir ekranga ega bo‘lgan.

Google bu laptopni Intel i5 yoki Intel i7 chipsetlari bilan ishlab chiqaradi. Unga 16 gigabaytgacha bo‘lgan tezkor xotira o‘rnatilishi ma’lum qilindi.

Google PixelBook to‘liq quvvat bilan 10 soat ishlay oladi. Shuningdek, u tezkor quvvat ham oladi.

PixelBook uchun 128 GB, 256, yoki 512 gigabaytli doimiy xotira tanlangan.

Google hozircha noutbukning eng arzoni AQShda $999, qimmati esa $1649 dollardan, shuningdek Pixel Pen'ning $99 dollardan sotilishini ma’lum qilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!