Google hozirgina jajji va arzon Google Home karnayini taqdim qildi

Google hozirgina jajji va arzon Google Home karnayini taqdim qildi

Ayni paytda davom etayotgan Google kompaniyasining taqdimoti avvalida Google Home "aqlli radiokarnayi"ning jajji talqini taqdim qilindi. Google Home Mini devaysi jajjigina hokkey shaybasini eslatadi.

Uning bahosi ham kamtar -- $50 dollar. Shuning evaziga bo‘lsa kerak, karnaydan bugungi ovoz texnologilari erishgan yuqori darajali sifatni kutish -- xato. Biroq, shu bilan birga, bu pul evaziga Google Assistant kabi jahonning eng dono, har savolga javob beruvchi bilimdon tizimi sizning cho‘ntagingizda bo‘lishi -- bu chinakam mo‘’jiza!

Google vakillarining taqdimotda ma’lum qilishlaricha, bu gadjet mitti bo‘lsa ham, ovoz sifati yomon emas va uni Chromecast karnayiga ham ulash mumkin.

Google Home mini uch rangda -- oq bo‘r, qora va qizil rangli korpusda ishlab chiqariladi. Google Home kabi, uning yuqori qismi sezuvchan funksiyaga ega bo‘lmagan. Uning o‘rniga korpus yuqorisida bir nechta chiroq, orqasida mikrofonni yoqish tgumasi va quvvatlash uchun micro-usb porti mavjud.

Yana bir muhim jihati -- Mini karnay yuqorisi mato bilan o‘rab olingan va uning dizayni mehmonxona yoki yotoqxonaning umumiy ko‘rinishag mos keladi.

Mini karnayga bugundan buyurtma berish mumkin va uni kompaniya 19 oktyabrdan boshlab yetkazib beradi. Bu gadjet bozorda Amazon Echo Dot devaysiga qarshi kurashadi.

Bizni kuzatishda davom eting. Bir necha daqiqalardan so‘ng jahonning navbatdagi kuchli flagmanlari bo‘lmish Pixel 2 va Pixel XL 2 smartfonlarining taqdimoti haqida ma’lumot beramiz.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!