Google IO 2016: Android “aqlli soat” tizimi yanada takomillashadi

Google IO 2016: Android “aqlli soat” tizimi yanada takomillashadi

Smartfonlarga mo‘ljallangan Android operatsion tizimining 7-avlodi Google IO 2016 anjumanining bu yo‘nalishdagi yagona yorqin yangiligi emas. 2016 yilda aqlli soatlarga mo‘ljallangan Android Wear tizimining ham yangi talqini taqdim qilinishi kutilmoqda.

Android smartfonlari platformasiga asoslangan, Google’ning aqlli soatlar va boshqa taqiladigan qurilmalarga mo‘ljallangan ilk tizimi 2014 yilning martida Motorola, Samsung, LG, HTC va Asus kompaniyalari bilan hamkorlikda e’lon qilingan edi.

2014 yilda Android Vear tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi Samsung Gear Live va LG G Watch,  Asus kompaniyasining ZenWatch, Motorola tomonidan esa Moto 360 aqlli soatlari namoyish etilgan. 2015 yilda Google o‘z Android Wear tizimini iOS operatsion tizimi, ya’ni iPhone qurilmalari bilan o‘zaro bog‘laydigan maxsus mobil ilovani e’lon qildi.

Ogohlantirishlar aqlli soat tizimlarining asosiy vazifasidir. Android Wear tizimida ishlovchi aqlli soatlar ham smartfonlarga qabul qilinayotgan murojaatlar – kirish xatlari, WhatsApp xatlari, foydalanuvchi tilga olingan postlar, Facebook yangiliklari, xatlar va boshqa yangiliklar to‘g‘risida ogohlantiradi.  Bu ogohlantirishlarni ro‘yxatini boshqarish ham mumkin. Shuningdek, zarur mahalda soatga ovozli buyruqlar berish ham mumkin.

GPS tizimi esa foydalanuvchining kundalik faoliyatiga oid ma’lumotlarni qayd etib boradi. Tizim Wi-Fi texnologiyasiga ham asoslanadi. Ya’ni, uydamisiz yoki ishda aqlli soatni mobil qurilma bilan bog‘lash uchun Bluetooth’ga hojat qolmaydi. Aqlli soat Wi-Fi hududlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, telefon apparatisiz ham ishlaydi.

May oyida Android Wear’ning Windows Phone qurilmalariga mo‘ljallangan talqinining e’lon qilinishi kutilmoqda.

Mutaxassis va ekspertlar 2016 yilda ushbu operatsion tizimning ovoz boshqaruvining takomillashuvi, ishora orqali boshqarish funksiyalariga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq ekanligini aytishmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!