Google Maps Live View endi qator Android va iOS'larda ham bo‘ladi

Google Maps Live View endi qator Android va iOS'larda ham bo‘ladi

Pixel 3 smartfonida Google ilk marotaba Google Maps ilovasining Live View (ingl. Jonli Ko‘rish) nomli funksiyasini debyut qilgan edi.

Bu qurilmangiz kamerasi vositasida real vaqt rejimida sizni ko‘chalar bo‘ylab manzilingiz tomon boshlab boruvchi to‘ldirilgan reallik funksiyasi sanaladi. Endilikda esa Live View nafaqat Pixel'larda, balki bir qator Android va iOS'larda ham mavjud bo‘ldi.

ARCore'ni qo‘llab-quvvatlovchi Android mobillar va ARKit'ga ega iPhone'larda ushbu funksiyadan foydalanish imkoni mavjud bo‘ldi. Boradigan manzilingizni Google Maps'dan tanlab, ekranning eng pastki qismidagi Live View tugmasini bosib, funksiyani ishga tushirsangiz bo‘ladi.

Shunday qilib, kamera ishga tushadi va ekranda real vaqt rejimida ko‘chalar bo‘ylab vizual ko‘rsatmalar paydo bo‘ladi. Bu juda ham ajoyib qulaylik, vaqtingiz bo‘lsa, o‘zingiz uchun sinab ko‘ring.

O‘QING: 1 aprel sharafiga Google Maps’ga mashhur mini-o‘yin qo‘shildi