Google Nexus uchun yuzni tanuvchi texnologiya ustida ishlayapti  

Google Nexus uchun yuzni tanuvchi texnologiya ustida ishlayapti  

Xabaringiz bo‘lsa, smartfonlarda yuzni tanish texnologiyasi ustida bir necha yillardan buyon ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. So‘ngi yillarda bu ish yanada jonlandi.  Ma’lumotlarga ko‘ra, Google aynan shu texnologiya yangi qurilmalar uchun o‘ziga xos jihat bo‘lishiga astoydil harakat qilayapti. Xabarlarga qaraganda, kompaniya mutaxassislari ishlab chiqariladigan yangi telefonga texnologiyani joriy etmoqchi. Project Tango 3D loyihasida  amerika kompaniyasi Movidious kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘ygan.

Qidiruv tizimi hozirda smartfonlar uchun yuzni tanish texnologiyasining bir necha ilovalarini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu mobil telefon yordamida amalga oshiriladigan turli moliyaviy operatsiyalar xavfsizligini ta’minlash uchun qulay texnologiya bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu loyiha ko‘rish imkoniyat yo‘q insonlar uchun ham naf keltiradi.

Movidious rahbarining ta’kidlashicha, yaqin kelajakda texnologiya mobil telefonlarga joriy etiladi. Nexus-flagmenida 2017 yili foydalanuvchilarga yetib borsa ham ajab emas.

Project-Tango-a-3D-

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!