Google`ning Android OS`dan qancha pul topishi ma’lum bo‘ldi

Google`ning Android OS`dan qancha pul topishi ma’lum bo‘ldi

Google kompaniyasining Android vositasida qancha mablag‘ topishi xususida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Hozirda butun dunyo bo‘ylab necha million qurilmalar Android asosida ishlashini hisobga olsak, kichkina summa haqida gap ketmayotganini anglash mumkin.

Ma’lumki, Oracle kompaniyasi Google`ga qarshi mualliflik huquqini buzganligi bo‘yicha sudga da’vo arizasi bergan va sud jarayonlari bo‘lib o‘tgandi. Ana shu sud jarayoni protokollaridan birini Bloomberg nashrini qo‘lga kiritgan edi. Mazkur hujjatda yozilishicha, Android chiqarilgandan so‘ng qidiruv tizimi 31 milliard AQSh dollari miqdorida daromad qilgan. Sof foyda esa 22 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Qayd etilishicha, daromadning asosiy manbai Android boshqaruvi ostidagi qurilmalar uchun Play Market`dagi reklamalar bo‘lgan.

Sud jarayonida Google yig‘ilish protokolida o‘z daromadini yashirganmi yoki kamaytirgan, shunga oydinlik kiritiladi. Kompaniya esa o‘z rasmiy murojaatida daromadni ommaga e’lon qilish biznesga salbiy ta’sir etishini ta’kidlagan. Eslatib o‘tamiz, Google va Oracle bir necha yildan beri taqsimotni sud orqali amalga oshirmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!