Google’ning «maxfiy» Fuchsia OS tizimini endi siz ham sinab ko‘rishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  1347
  •  07.04.2018 11:42

Google’ning «maxfiy» Fuchsia OS tizimini endi siz ham sinab ko‘rishingiz mumkin!

Joriy yilning boshida Google o‘zining yangi – universal Fuchsia OS operatsion tizimini namoyish etgan edi. Mazkur tizimda chiroyli va sodda dizaynga ko‘proq ahamiyat qaratilgan. Biroq kompaniya uni hali ochiq foydalanishga topshirmagan edi.

O‘QING: Google yangi – universal operatsion tizimni taqdim etdi

Endi esa Google kompaniyasi Fuchsia tizimining demo talqinini brauzerlarda ishlatib ko‘rish imkoniyatini taqdim etdi.

Fuchsia OS’ning sinov versiyasini istalgan brauzerda ishga tushirish mumkin. Bunda Google dasturchilari tayyorlayotgan yangi mahsulotni sinab ko‘rish va boshqa tizimlar bilan taqqoslash imkoniga ega bo‘lasiz.

Aytish kerakki, hali ushbu talqinning funksionalligi cheklangan. Brauzerda ochib ko‘rsangiz, bu tizim kiruvchi xatlar haqidagi bildirishnomalarni, mos keluvchi taomlar retseptlarini va joriy vaqtni aks ettiradi. Shuningdek, sozlamalar oynasida Bluetooth’ni yoqish, yorug‘lik va ovozni sozlash imkoni bor.

Sinov talqinidagi Fuchsia OS’ni ishlatib ko‘rish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

Aytish kerakki, mazkur platforma Meganta mikroyadrosiga tayanadi va universalligi bois kompyuterlar, planshetlar va smartfonlarda ham ishlay oladi. Yana qisqa muddatlar ichida uni hatto smart-soatlarga ham o‘rnatish nazarda tutilgan.

O‘QING: Android o‘rniga keluvchi Fuchsia OS: Pixelbook’dan olingan suratlar