Google’ning shaxsga yo‘naltirilgan reklamasini o‘chirish

  •   DiMaX
  •  2351
  •  21.02.2017 13:25

Google’ning shaxsga yo‘naltirilgan reklamasini o‘chirish

Sezgandirsiz – internetda biror mahsulot haqida shunchaki ma’lumot qidirsangiz, darrov shu tovarni sotmoqchi bo‘lganlarning reklama bannerlari ham chiqib keladi. Buning sababi shundaki, qidiruv tizimi ham, reklama bannerlari ham bitta kompaniyaga – Google’ga tegishli. Uning esa «ko‘zi o‘tkir» – hamisha sizning qidiruv so‘rovlaringizni, internetdagi qiziqishlaringiz doirasini, siz kiradigan saytlarni kuzatib boradi. Shularni tahlil qilib borib, aynan sizga mos keluvchi mahsulot yoki xizmatni taklif etuvchi reklamalarni ko‘rsatadi. Nafaqat Google, balki Yandeks ham, ijtimoiy tarmoqlar ham xuddi shunday yo‘l tutishadi. Muayyan bir shaxsga moslab taqdim etilgani uchun, buni «shaxsga yo‘naltirilgan reklama» deyish mumkin.

Quyida esa aynan Google tizimida shaxsga yo‘naltirilgan reklamalarni o‘chirib qo‘yish yo‘lini ko‘rib chiqamiz.

Ko‘pchilik qatori, sizning ham Google akkauntingiz bo‘lsa kerak; agarda Android’dan foydalansangiz, ma’lumotlarni boshqarish sahifasiga kiring. Bu yerda, «Maxfiylik» («Konfidensialnost») bo‘limida reklama bo‘yicha sozlamalar («Nastroyki reklamnix predpochteniy») bandi mavjud.

 

Google akkauntidagi maxfiylik sozlamalari

Endi shu ochilgan bo‘limda «Reklamani sozlash» («Nastroit reklamu») bandini bosing:

Reklama sozlamalari

Bu yerda nafaqat shaxsga (ya’ni – aynan sizga!) yo‘naltirilgan reklamaning ko‘rsatilishini o‘chirib qo‘yishingiz, balki o‘zingizning qiziqishlaringiz ro‘yxatini o‘zgartirishingiz ham mumkin. Chunki Google aynan shu qiziqishlaringiz asosida tanlab-tanlab sizga reklama ko‘rsatadi.

 

Reklamaning shaxsga yo‘naltirilishi sozlamalari

Xuddi shu harakatlarni Android tizimli smartfon (yoki planshet)da ham amalga oshirish mumkin. Buni sozlamalarning quyidagi manzili orqali qilasiz: Nastroyki > Google > Konfidensialnost > Nastroyki reklamnix predpochteniy. Bu yerda ham xuddi oddiy standart versiyadagi kabi interfeys chiqadi, shu yerda reklama sozlamalarini o‘zgartirishingiz kerak.

 

Android’da reklama sozlamalari

Telefonda, shuningdek, yana bitta qo‘shimcha o‘zgartirish kiritishingiz kerak bo‘ladi: Nastroyki > Google > Reklama i otklyuchite personalizatsiyu reklami:

Android’da reklamaning shaxsga yo‘naltirilishi sozlamalari

Shu harakatlarni amalga oshirganingizdan keyin Google endi aynna sizga moslab reklama ko‘rsatmaydi. Lekin baribir ularning o‘rniga eski, neytral reklama bannerlari chiqib turadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.