Google qidiruv natijalarida taom retseptlarini ko‘rsatishni boshladi

Google qidiruv natijalarida taom retseptlarini ko‘rsatishni boshladi

Google qidiruv tizimi saytning mobil va veb versiyasidagi sahifaning o‘zida izlangan taomlarning retseptini ko‘rsatishni boshladi, deb yozmoqda Search Yengine Land nashri.

Retseptlar qidiruv tizimining sahifasida “View all” (Hammasini ko‘rish) havolasi bilan aks etadi. Yozuvga bosgach, to‘liq retsept ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, muayan taomning turli versiyalariga oid retseptlar ham taqdim qilinadi.

Hozircha bunday funksiya tizimning ingliz tilidagi dasturida ishlamoqda.