Google Street View’da endi Disneylend bo‘ylab sayr qila olasiz!

  •   DiMaX
  •  949
  •  07.03.2018 13:02

Google Street View’da endi Disneylend bo‘ylab sayr qila olasiz!

Texnologiyalarning rivojlanishi bugungi kun kishilariga turli qulaylik va imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Jumladan, endi uydan yoki ofisdan chiqmasdan, o‘tirgan joyingizda jahonning diqqatga sazovor joylariga virtual sayohat qilishingiz mumkin.

O‘QING: UzVisit – yurtimizga panoramali nigoh!

Google Street View servisi dunyoning turli nuqtalaridagi diqqatga sazovor nuqtalariga interfaol panoramali suratlar vositasida sayr qilish imkonini taqdim etadi. Yaqinda ushbu servisga Uolt Disneyning o‘nta turli xiyoboni bo‘ylab virtual sayohat qilish imkoni ham qo‘shildi. Masalan, Orlando shtatidagi Walt Disney World yoki Kaliforniya shtatidagi Disneylendga internet orqali sayr uyushtirib, afsonaviy manzaralardan bahra olishingiz mumkin.

Ushbu ro‘yxatga xalqaro madaniyat va texnologik yangiliklar mavzularidagi Epcot xiyobonlari, shuningdek, Hollywood Studios ham kiritilgan.

Diqqatga sazovor joylardan biriga virtual sayrni boshlash uchun, quyidagi havolalar orqali o‘tishingiz mumkin:

Sizga maroqli sayohat tilaymiz!

O‘QING: Samarqand obidalarini virtual kezish imkoniyati tug‘ildi