Google Trips ilovasi sayohatlarni rejalashga yordam beradi (Video)

Google Trips ilovasi sayohatlarni rejalashga yordam beradi (Video)

AQShning Google kompaniyasi Google Trips nomli ilovani ishga tushirdi. Ushbu ilova iOS va Android smartfon/planshetlari sohiblariga o‘z sayohatlarini rejalashga mo‘ljallangan. Foydalanuvchilar o‘zlari bormoqchi bo‘lgan shaharni ilovaga kiritib, u bilan bog‘liq barcha axborotni yuklab oladilar. Shundan keyin yig‘ilgan ma’lumotlar bir necha bo‘limlarga tarqatiladi va ulardan keyinchalik internet ulanishisiz ham foydalanish mumkin bo‘ladi.

google-trips

Shuningdek, Google Trips ilovasi kelajakdagi safarlar rejasini o‘zi mustaqil ravishda tuzishi ham mumkin. Buning uchun ilova Gmail pochtasidagi elektron pochtalarga murojaat etadi. Agar pochtada biror shahardagi mehmonxonadan band qilinganlik haqida tasdiqnomalar yoki chiptalar to‘g‘risida ma’lumotlar mavjul bo‘lsa, u boriladigan shaharni kelgusi sayohatlar ro‘yxatiga kiritadi.

Ishlab chiqaruvchining aytishicha, hozirda ilovada jahondagi 200 tadan ortiq shahar haqida foydali ma’lumotlar jamlangan. Albatta, kelajakda ushbu miqdor oshirib boriladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!