Google va H&M libos yaratishga xizmat qiladigan ilovani ishga tushiradi

Google va H&M libos yaratishga xizmat qiladigan ilovani ishga tushiradi

Google kompaniyasi H&M Group tarkibiga kiradigan va ayollar libosini sotishga ixtisoslashgan Ivyrevel onlayn-do‘koni bilan hamkorlikda foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari asosida individual ko‘ylaklarni yaratishga yordam beradigan Data Dress nomli ilovani ishga tushiradi, deb yozmoqda Mashable sayti.

Libos dizaynini yaratish uchun ilova foydalanuvchining harakatlarini (umumiy faollik, tashrif buyuriladigan joylar, boshqa qurilmalardan foydalanish va ob-havo sharoiti) kuzatib boradi.

Ivyrevel bu orqali faqatgina ma’lum shaxs uchun liboslar tayyorlash mexanizmini yo‘lga qo‘yib, moda olamini o‘zgartirish maqsadida. Ma’lumotlar yig‘ilgach, ilova ular asosida foydalanuvchi uchun xos bo‘lgan libos dizaynini ishlab chiqadi. Mazkur dizayn mijoz ta’biga qarab yana o‘zgartirilishi mumkin bo‘ladi.

Data Dress ilovasi ayn paytda beta-sinovdan o‘tmoqda, uning Android versiyasi yaqin oylarda chiqarilishi ma’lum qilingan. Boshlang‘ich ma’lumotlarga qaraganda, ilova dizayni orqali yaratilgan ko‘ylakning o‘rtacha narxi 99 dollarni tashkil etadi.