Google va Huawei Andromeda dasturida ishlaydigan planshet ustida ishlamoqda

Google va Huawei Andromeda dasturida ishlaydigan planshet ustida ishlamoqda

Avvalroq saytimizda Google kompaniyasi kelasi oyning boshida Android va Chrome OS operatsion tizimlari komponentlaridan yaratiladigan Andromeda nomli dasturni taqdim qilishi to‘g‘risida xabar bergan edik. So‘nggi paytda esa AQSh texnologiya giganti Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan aynan yangi Andromeda operatsion tizimida ishlaydigan planshetni tayyorlayotgani haqida yetakchi nashrlarda xabarlar paydo bo‘ldi. Hozircha Andromeda mavjud Nexus 9 modelida sinovdan o‘tkazilmoqda. Ikkala kompaniya kelasi yilning 3-choragida Andromeda operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadigan Pixel 3 nomli yupqa noutbuk va Nexus turkumidagi planshetni namoyish qilishni rejalashtirgan.

Bu borada nashrida atroflicha ma’lumot berilgan. Planshet Nexus 7 davomchisi bo‘lib, 7 dyuymli displey, 4 GB tezkor xotira va 13 MPli kameraga ega bo‘lishi kutilmoqda. Planshet Huawei 7P nomi bilan atalishi mumkin. Hozircha yangi planshet borasida boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan.