GoPro Karma nomli ixcham dronni namoyish etdi

GoPro Karma nomli ixcham dronni namoyish etdi

Kuni kecha mashhur GoPro kompaniyasi Karma nomli ixcham, yig‘iladigan dronni taqdim etdi. Dron yig‘iladigan konstruksiyaga ega bo‘lgani uchun uni kichkina keysga joylashtirish mumkin.

Karma juda sodda boshqarish tizimi bilan ta’minlangan: qurilmani ishga tushirish va qo‘ndirish bitta tugma bilan bajariladi. Boshqarish pulti bukiladigan konstruksiyada qilingan bo‘lib, sensorli ekran va tugmali djoystikdan tashkil topgan. Hozircha bir marta to‘liq zaryadlanishda dron qancha vaqt faol bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

Без названия 

Dronga kompaniyaga qarashli bir qator ekshn-kameralarni, masalan, yangi Hero5 Black va Session, Hero5, Hero4 va Hero3 modellarini o‘rnatish mumkin. Dron uchta tayanchli kamerani o‘rnatish stabilizatoriga ega. Uni drondan yechish va qurilmadan alohida foydalanish mumkin.

Dronning standart kamerasiz versiyasi 799 dollarga baholangan. Dron uchun kamera xarid qilish uchun yana 200-300 dollar atrofida mablag‘ sarflash talab etiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!