Wasted: Yaponiya xususiy kompaniyasining kosmik kemasi Oyga qo'na olmadi

Wasted: Yaponiya xususiy kompaniyasining kosmik kemasi Oyga qo'na olmadi

Kecha Yaponiyaning iSpace xususiy kompaniyasi o'zining Hakuto-R nomli kosmik kemasini Oyga qo'ndirishni rejalashtirgan edi. Agar missiya muvaffaqiyatli yakunlanganida bu tarixda xususiy kompaniya tomonidan amalga oshirilgan ilk Oyga qo'nish bo'lgan bo'lar edi, biroq, afsuski, unday bo'lmadi.

Ma'lum bo'lishicha, iSpace muhandislari Oy yuzasiga qo'nishiga bir necha metr qolganida Hakuto-R bilan aloqani yo'qotishgan va uning Oyga qo'nganligini tasdiqlay olishmagan. Oradan tahminan 15-20 daqiqa o'tgach iSpace bosh direktori Takeshi Hakamada jonli efirda so'zga chiqib shunday dedi:

"Hozirda biz Hakuto-R bilan aloqani tasdiqlaganimiz yo'q. Shunday ekan, biz qo'nishni yakunlay olmadik deb o'ylaymiz."

Hakuto-R kosmik kemasi ikkita: Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligining Sora-Q va Birlashgan Arab Amirliklari kosmik agentligi tomonidan qurilgan Rashid roverlarini o'z ichiga olgan edi. 

iSpace Twitter sahifasida kompaniya operatsiya davomida olingan ma'lumotlar va tajribalardan maksimal darajada foydalanishda davom etishi va 2024-yilda 2-missiya va 2025-yilda 3-missiyaning texnologik yetukligini keskin yaxshilashni maqsad qilganligi aytiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!