Hammasi Meizu haqida: pleyerdan smartfongacha

Hammasi Meizu haqida: pleyerdan smartfongacha

Shubhasiz, bugungi kunda Xitoy smartfon ishlab chiqarish sur’atlari bo‘yicha juda yaxshi natijalarni qayd qilmoqda. Mamlakatda yuzlab aqlli telefon tayyorlaydigan kompaniyalar mavjud. Biroq ularning hammasi ham sifat borasida jahon bozorida yirik brendlar bilan raqobat qila olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, Xitoyda butun dunyo smartfon foydalanuvchilarining e’tiboriyu e’tirofini qozonayotgan kompaniyalar ham kam emas. Ana shunday firmalar qatoriga hech ikkilanishsiz Meizu kompaniyasini qo‘shish mumkin.

Meizu kompaniyasiga 2003 yilda Xitoyning Chjuxay shahrida Djek Vong ismli shaxs tomonidan asos solingan. Ayni vaqtda Meizu Xitoydagi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchilar o‘nligiga kiradi.

4e913ad46231abcb88f18c3067e9e6e0

Meizu so‘zining ma’nosi xususida turli versiyalar mavjud. Eng keng tarqalgan variantda kompaniya nomi Xitoy tilidan tarjima qilinganda “sehrli avlod” degan ma’noni bildiradi.

Eng qizig‘i shundaki, kompaniya asoschisi Djek Vong (asl ismi Xuan Chjan) hech qanday oliy ma’lumotga ega emas. U yoshligidan oshpazlikni o‘rganib kelgan. Meizu‘ga asos solishdan oldin u audio mahsulotlar bilan shug‘ullanadigan Singapurning Soken kompaniyasida tajriba orttirgan. U yangi texnologik gadjetlarni xarid qilish va ular haqida tassurotlarini Djek Vong taxallusi ostida internetda ulashishni yaxshi ko‘rgan. Ushbu taxallus keyinchalik uning ikkinchi ismiga aylanib ketadi.

Hammasi musiqadan boshlandi

Garchi hozirda smartfonlar Meizu kompaniyasining flagman mahsulotiga aylangan bo‘lsa-da, firma o‘z faoliyatini boshqa gadjetlarni ishlab chiqarishda boshlagan. Jumladan, 2003 yilda tayyorlangan Meizu MX MP3 pleyeri kompaniyaning ilk mahsuloti hisoblanadi. Qurilma Xitoy bozorida yaxshi sotiladi, biroq u Janubiy Koreya brendi Cowon tomonidan yaratilgan iAudio CW300 modelining nusxasi edi, xolos. Ammo kompaniya tez orada bunday yo‘nalishdan voz kechib, faqat original va yangi gadjetlar yaratish strategiyasini tanlaydi.

Ushbu strategiya natijasi o‘laroq 2006 yilda  MEIZU MiniPlayer nomli MP4 pleyer ishlab chiqariladi. Mazkur pleyer chiroyli dizayn va nisbatan qulay interfeys bilan ajralib turardi. Shuningdek, kompaniya uning dasturini muntazam yangilash orqali turli kamchiliklarni bartaraf etib kelardi. Aynan mana shu innovatsion gadjet tufayli Meizu nomi asta-sekin ommalashishni boshlaydi.

Meizu bir muddat o‘tgach, butun e’tiborini shiddat bilan o‘sib borayotgan smartfon sanoatiga qaratadi.

Smartfon biznesi sari

2007 yilning aprel oyida Meizu o‘zining ilk smartfoni hisoblangan M8 modelini taqdim qiladi. Smartfon arzon narx, katta ekran va bir qadar kuchli texnik parametrlar bilan xaridorlarning e’tiborini jalb etadi. Mazkur model 3,4 dyuymli ekran, 256 MB tezkor xotira bilan jihozlanib, OS Mymobile (Microsoft Windows CE 6.0 bazasida) dasturida ishlar edi.

e55844d64f841149fc1d7e47135a0e7d

Smartfon tashqi tomondan juda ham iPhone‘ga o‘xshab ketardi. Hatto Stiv Jobs kompaniyani intellektual mulkni o‘g‘irlashda ayblagan edi. Oxir-oqibatda esa Apple M8 modelining sotuvlarini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ladi.  2010 yilning oktyabr oyida esa Meizu ushbu modelning ishlab chiqarishni bekor qiladi. Biroq bu paytga kelib brend millionlab mijozlarning e’tiborini jalb qilishga ulgurgan edi.

Omad kulib boqqanda

Meizu‘ning navbatdagi modeli 2010 yil noyabr oyida taqdim etilishi kutiladi. Biroq ba’zi sabablarga ko‘ra taqdimot yana ikki oyga cho‘ziladi. Kompaniya o‘zining yangi smartfoniga Xitoy bozoriga chiqarilgan iPhone 4 bilan raqobat qilish uchun Retina analogidagi Sharp AVS ekranlarini o‘rnatadi.

Shunday qilib, Meizu M9 modeli 2011 yilning yanvar oyida Xitoyda sotuvga chiqariladi. Bu gal kompaniyaning mehnati va innovatsiyalari o‘z samarasini berishni boshlaydi: Meizu do‘konlarining oldida yuzlab odamlar smartfonni xarid qilish uchun navbatga turadilar.

502ae3bdfd1e0f1c3b36c241373bb10f

Meizu M9 modelining narxi 350 dollar atrofida bo‘lgan. Qurilma kompaniyaga qarashli Android bazasida tayyorlangan Flyme dasturida ishlardi, unga 1 GGsli Samsung Hummingbird protsessori va 3,54 dyuymli ekran o‘rnatilgan edi.

Smartfon eng ommabop nashrlarning e’tirofini qozonadi. Aynan mana shu model tufayli butun dunyo Meizu nomi bilan tanishadi. Meizu rahbariyati qayd qilganidek, kuchli texnik parametrlar ortidan quvish emas, balki iste’molchilarning talablariga mos smartfon yaratish kompaniyaning birlamchi maqsadi hisoblanadi.

MX avlodi

2012 yilda kompaniyaning keyingi modeli bo‘lgan MX2 smartfoni ham iste’molchilar tomonidan iliq kutib olindi. Smartfon ilg‘or funksiyalar to‘plami va bejirim dizaynga ega edi. Ushbu seriyaning paydo bo‘lishi bilan Meizu‘ning daromadi ham bir necha baravarga oshadi.

Shu bilan bir qatorda, xususiy bloglar orqali taqdim etilishi kutilayotgan modellarni targ‘ib qilish kompaniya qurilmalariga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirib yuboradi.

2013 yilda esa MX3 modeli dunyoga keladi. Avvalgi modellarga qaraganda bu smartfon yanada kuchli texnik ko‘rsatkichlar va katta ekran bilan farqlanardi (5,1 dyuym). Meizu MX3 flagmaniga Samsung GALAXY S4 quvvatidagi protsessor o‘rnatiladi.

Xitoylik shovvoz an’analariga sodiq qolgan holda 2014 yilda MX seriyasidagi navbatdagi flagmanni namoyish etadi. Meizu MX4 smartfon bozoridagi eng kuchli qurilmalardan biri deb e’tirof etiladi. U 5,36 dyuymli ekran, 8 yadroli protsessori va 20 MPli kamera bilan jihozlanadi. Unda qo‘llanganmalyumin korpus esa smartfonning og‘irligini ancha kamaytiradi. 2014 yilda Meizu 4,4 mln dona smartfon sotishga muvaffaq bo‘ladi va Yevropa bozoriga kirib boradi.

06d31f35b589687332e27b2b2ea1d22a

2015 yilda Xitoydagi eng katta onlayn riteyler Alibaba Group Meizu kompaniyasiga 550 mln dollar sarmoya kiritadi. O‘sha yili Meizu 20 mln dona smartfonni sotuvga chiqaradi va 2014 yilga nisbatan 350 foizlik o‘sishni qayd etadi. 2015 yilning iyun oyida kompaniya Meizu MX5, ilk power-bank va VR-shlemni taqdim qiladi.

Joriy yilning iyulida esa Meizu MX6 flagmani ommaga tanishtirildi. U 5,5 dyuymli ekran, o‘n yadroli protsessor va ¾ GB operativ xotira bilan quvvatlangan.

73abcee60f6fb082c78e6ee728a05ebf

2017 yilda Meizu smartfonlar savdosini yanada oshirish maqsadida. Meizu boshqa smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga solishtirganda hali juda yosh brend. Biroq u arzon bo‘lishiga qaramay, ilg‘or va zamonaviy texnik parametrlarga ega smartfonlar bilan ko‘p odamlarning mehrini qozonishga erishdi.

scsg.ru materiallari asosida tayyorlandi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!