Hamyonbop Honor 6C Pro taqdim qilindi

Hamyonbop Honor 6C Pro taqdim qilindi

Huawei kompaniyasiga qarashli Honor brendi Fransiya va Yevropa hududidagi boshqa davlatlarda Honor 6C'ning takomillashgan -- Honor 6C Pro talqinini namoyish qildi.

Honor 6C Pro 5,2 dyuymli, 1280x720 piksel sig‘imli displey, 8 megapikselli old va 13 megapikselli bosh kamera (f/2.2 diafragma) bilan ta’minlangan. HD displey 2.5D shaklidagi qayrilma shisha bilan qoplangan.

Devaysning apparat ta’minoti 8 yadroli MT6750 chipset, 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotira o‘rnatilgan.

Metall korpusning qalinligi 7,65 mm va uning asosiy maydonini elektr toki sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan akkumulyator egallagan.

2 sim-kartali Honor 6C Pro gibrid bo‘lmachaga ega bo‘lgan. Ya’ni, bitta sim-karta o‘rniga 128 gigabaytgacha bo‘lgan fleshkani qo‘yish mumkin.

Devays o‘lchamlari: 147,9 x 73,2 x 7,65 mm, vazni — 145 gramm.

Honor 6C Pro Android 7.0 Nougat'ga asoslangan EMUI 5.1 tizimi boshqaruvida ishlaydi. Smartfon LTE, Wi-Fi (802.11b/g/n), Bluetooth 4.1, GPS/A-GPS/GLONASS tarmoqlarini ham qo‘llab-quvvatlaydi va USB Type-C portiga ega.

Huawei Honor 6C Pro smartfon bozoriga 200 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.