Hamyonbop Nokia smartfonining taqdimot kuni ma’lum

  •   DiMaX
  •  1762
  •  16.09.2017 10:22

Hamyonbop Nokia smartfonining taqdimot kuni ma’lum

HMD Global rahbarligi ostida shu paytgacha ishlab chiqarilgan zamonaviy Nokia smartfonlari tizimi hozirda Nokia 3, 5, 6 va 8 modellaridan iborat. Endi tez orada bular qatoriga hamyonbop Nokia 2 ham qo‘shiladi, deb yozadi Gizmochina.

Xabarga ko‘ra, ushbu smartfon yaqin orada – 5 oktyabrda rasman namoyish etiladi. Taniqli insayder Evan Blass esa Nokia 2 qurilmasining suratlarini ham e’lon qildi.

Hamyonbopligiga yarasha, Nokia 2’ning turli parametrlari ham sal «bundayroq». Masalan, korpusi oddiy plastikdan qilingan, smartfonda barmoq izi skaneri va qo‘shaloq modulli kamera yo‘q. Ammo muhim ijobiy jihatlaridan biri – akkumulyatorining sig‘imi naq 4000 mA/soatga teng!

Nokia 2’ning hozirgacha ma’lum bo‘lgan boshqa xususiyatlari quyidagilardir:

  • Displey: 5 dyuymlik;
  • Chip: Snapdragon 212;
  • Tezkor xotira: 1 GB;
  • Kamera: asosiysi – 8 Mp, old kamera – 5 Mp;
  • Operatsion tizim: Android 7 Nougat.

Bu gadjet haqida boshqa ma’lumotlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lib turish uchun bizdan uzoqlashmang!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!