Hamyonbop smartfonlarning protsessorlari qanaqa bo‘ladi?

  •   DiMaX
  •  3588
  •  17.01.2018 17:26

Hamyonbop smartfonlarning protsessorlari qanaqa bo‘ladi?

Smartfonning texnik ta’minotidagi eng muhim jihat – protsessor ekanini bilamiz. Biroq ularning ham turlari ko‘p va har xil telefonlarga o‘rnatiladigan protsessorlarning xususiyatlari ham turlicha. Jumladan, yaqinda e’lon qilgan maqolamizda biz eng arzon (hamyonbop ham emas!) smartfonlarga qo‘yiladigan protsessorlar haqida so‘z yuritganmiz.

O‘QING: Eng arzon smartfonlar: ularga qanday protsessorlar qo‘yiladi?

Bugun esa sizga eng ommalashgan hamyonbop smartfonlarda qo‘llanuvchi protsessorlar xususida ma’lumot bermoqchimiz. Odatda bunaqa telefonlarga qo‘yiladigan protsessorlar to‘rt yoki sakkiz yadroli bo‘ladi.

Turgan gapki, chiplarning barcha xususiyatlari, arxitekturasi haqida batafsil ma’lumot berishning imkoni ham, keragi ham yo‘q. Faqat quyidagi jadvalda ularning nomlari (modellari) keltirilgan, ular yaxshiroqdan «bundayroq»qa qarab terilgan. Shuni eslab qolsangiz bas – o‘ta arzon smartfon tanlayotib, shu ro‘yxatda imkon qadar yuqoriroqda turgan protsessorga ega modelni olaverasiz.

Protsessorlar haqida qisqa ma’lumot

Modifikatsiyalar (modellar)

O‘z davrida oliy sanalgan, hozirda hamyonbop smartfonlar uchun eng zo‘r protsessorlar. Ikkilanmasdan olish shart!

Qualcomm Snapdragon 650 (MSM8956), 800 (MSM8974), 801 (8974v3)

To‘laqonli sakkiz yadroli, yaxshi protsessorlar. Oqilona tanlov.

MediaTek MT6752, MT6755 (Helio P10), MT6795 (Helio X10); Qualcomm Snapdragon 415 (MSM8929), 430 (MSM8937), 615 (MSM8939), 616 (MSM8939v2)

Past chastotali, sakkiz yadroli. Ishlatsa bo‘ladi!

MediaTek MT6750, MT6753; HiSilicon Kirin 620

«Rozetkaga yaqinroq bo‘lishga undovchi» – tezkor, ammo ochofat protsessorlar. Amallasa bo‘ladi.

NVIDIA Tegra 4i; MediaTek MT6591, MT6592, MT6595

To‘rt yadroli, eskirgan modellar. Navigatsiyasi yaxshi ishlamaydi, aksariyatida 4G yo‘q. Lekin tezkor va arzon. Chidasa bo‘ladi.

MediaTek MT6582, MT6580, MT6582M, MT8321, MT8382; Qualcomm Snapdragon 400 MSM8228, MSM8626, MSM8926; Samsung Exynos 3475

Tezkor va tejamkor, lekin to‘rt yadroli protsessorlar. Ishlatish imkoni bor.

MediaTek MT6735, MT6732, MT6732M; Qualcomm Snapdragon 410

Eskirgan va GPS yaxshi ishlamaydigan, o‘yinlarga yaramaydigan protsessorlar. Olmagan ma’qul.

MediaTek MT6589, MT6589T; Spreadtrum SC7731G, SC9830

Hozirda kam qo‘llanadigan, xususiyatlari past protsessorlar. Umuman tavsiya etilmaydi!

NVIDIA Tegra 3; Qualcomm Snapdragon S4 Pro (APQ8064); Samsung Exynos 4412

O‘QING: $100 dollarlik Meizu M6 nimasi bilan o‘ziga xos?

Xullas, agarda hamyonbop smartfon olishga qaror qilgan va bunda protsessorga ahamiyat beradigan bo‘lsangiz, imkon qadar chipi sakkiz yadroli bo‘lgan modellarni izlang. To‘rt yadroli protsessorlar esa operatsion tizimning nisbatan «yengil» talqini o‘rnatilgan telefonlarga bo‘laveradi. Ularda asosiy funksiyalar yaxshi ishlasa-da, «og‘irroq» o‘yinlarga uncha yaramaydi.

Demak, umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, yuqoridagi jadvalning imkon qadar yuqoriroq qatorlaridan o‘rin olgan protsessorlardan biriga ega smartfonni tanlashni tavsiya etamiz. Agarda onlayn savdo platformalari orqali telefon xarid qiladigan bo‘lsangiz ham, protsessorining xususiyatlariga diqqat qiling.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!