Hamyonbop Xiaomi Mi A1 AliExpress'da rekord darajada arzonlashdi

Hamyonbop Xiaomi Mi A1 AliExpress'da rekord darajada arzonlashdi

Xiaomi kompaniyasi shu yilning 5 sentyabrida Google kompaniyasi bilan hamkorlikda Xiaomi Mi A1 smartfonini taqdim qilgan edi. Mazkur mobil telefonning boshqa modellardan eng katta farqi -- u ishlab chiqaruvchining MIUI proshivkasi emas, Google'ning Android One tizimiga ega bo‘ladi. Xiaomi Mi A1 — Xiaomi'ning Android One tizimida taqdim qilingan ilk smartfoni. Smartfon Google'dan yangilanishlarni muntazam olib turadi.

Qo‘sh sensorli ilg‘or bosh kameraga ega bo‘lgan Xiaomi Mi A1 12 sentyabrdan boshlab xalqaro bozorda 230 AQSh dollaridan ( 4+64 GB talqini) sotuvga chiqarilgan edi.

Shu kunlarda AliExpress savdo platformasida tashkil qilinayotgan aksiya doirasida Xiaomi'ning Mi A1 smartfoni $212 AQSh dollaridan sotilmoqda. Bu aksiya muddati chegaralangan.

Android 7.1.2 Nougat operatsion tizimida ishlaydigan Xiaomi Mi A1'da ruscha "proshivka" ham mavjud va smartfon LTE'ning 4G tarmog‘ida ishlaydi.

Ekspertlarning fikricha, metall korpusli Xiaomi Mi A1 bugungi kunda hamyonbop smartfonlari bilan tanilgan Xiaomi'ning o‘z narxiga munosib eng yaxshi mobil aloqa vositasi. Shuningdek, Google shu yil oxiriga qadar Xiaomi Mi A1 modeli so‘nggi Android 8.0 Oreo tizimiga ega bo‘lishini ham e’lon qilgan.

Smartfon nihoyatda jozibador dizaynda. Jumladan, uning korpus qalinligi 7,1 mm. Korpus yonlariga silliq qayrilgan dizaynda ishlov berilgan. Orqa panelda barmoq izlari skaneri joylashgan. Ekran himoya shishasi bilan qoplangan. Displey bo‘ylab 2.5D effektiga ega shisha yotqizilgan.

Qisqacha texnik tavsif:
Ekran: 5.5", Full HD, IPS
Chip: Snapdragon 625;
Xotira: 4 GB tezkor, 64 GB doimiy, microSD -- 128 GB;
Bosh kamera: 12 + 12 Mp;
Old kamera: 5 Mp;
Batareya: 3080 mA soat;

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 16 oktyabr holatida «Malika» savdo markazida Mi A1 modeli (64 gb) 2 227 500 so‘mdan sotilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.