Haqiqiy bahosini endi topdi: AQShda bitkoin 1 dollardan sotilmoqda

  •   Saroy
  •  814
  •  13.09.2018 11:37

Haqiqiy bahosini endi topdi: AQShda bitkoin  1 dollardan sotilmoqda

Har doim o‘zgarib turadigan kriptovalyuta dunyosidagi yangiliklarning eng yaxshisi yaqinda e’lon qilindi. Tasavvur qiling, shokoladdan qilingan raqamli valyuta, u sizga hech qachon pand bermaydi.

Frankford konditerlik kompaniyasi ishlab chiqargan bitkoinlar, bu  oltinrangdagi folgaga uralgan 400 grammli sutli shokoladlardir. Unga dunyodagi eng mashhur krimtovalyuta logotipi  tushirilgan. Shokokoinlar shaklan barchamiz bolalik chog‘imizda ko‘p ko‘rgan  shokoladli medalchalarni eslatadi. Lekin, endi bemalol do‘stlaringizga bir yoki ikki kilogramm a’lo darajadagi shirin bitkoinlarni sovg‘a qilsangiz bo‘ladi....

Eng muhimi uning narxida. Frankford chiqargan bitkoinlar haqiqiy raqamli bitkoindan ancha arzon. Haqiqiy raqamli bitkoin narxi o‘tgan yil dekabr oyida 20 000 dollardan oshgandi, endi esa taxminan 6240 dollar atrofida sotilmoqda.