Harvard professori universitetlar inqiroziga sabab bo‘ladigan omilni aytdi

Harvard professori universitetlar inqiroziga sabab bo‘ladigan omilni aytdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida bugungi kunda 4 mingtaga yaqin kollejlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu kollejlarda 12 yillik maktab tizimini bitirganlar ta’lim olishlari mumkin. Ular darajasiga ko‘ra universitetga tenglashtirilgan. Harvard universiteti Biznes Maktabi professori Kleyton Kristensenning ma’lum qilishicha, keyingi bir necha o‘n yillikda ularning teng yarmi inqirozga yuz tutadi. Bunday holat butun jahon miqyosida ham kuzatiladi.

Professor Kristensen 1997 yilda chop qilingan "Innovatorning dilemmasi" kitobi bilan tanilgan. U mazkur kitobdagi qarashlarini keyinchalik ta’lim tizimida ham tatbiq qilgan.

Professor o‘zining "Innovatsion universitet" nomli so‘nggi kitobida an’anaviy universitetlarning kelajagi haqida so‘zlab, istiqbolda onlayn ta’lim tizimigina o‘zini oqlashini aytadi. Uning fikricha, yaqin 10-15 yil ichida AQSh dagi 50 foiz universitetlar iqtisodiy muammolar sabab faoliyatlariga yakun yasaydilar. Bu jarayonda kuchli pedagog va o‘qituvchilarga ega ta’lim dargohlarigina saqlanib qoladi.

Kleyton Kristensenning aytishicha, buning bosh sababi onlayn ta’lim tizimining rivojlanishi bo‘ladi. Ya’ni, nufuzli ta’lim muassasalari cheklanmagan miqdordagi o‘quvchilarga jahonning xohlagan davlatidan turib ta’lim olish imkonini yaratib beradilar. Bu esa yon-atrofdagi universitetlarda bilim olish ehtiyojini yo‘q qiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!