Hayratomuz Redmi Note 5 sotuvga tayyor

Hayratomuz Redmi Note 5 sotuvga tayyor

Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus smartfonlari Xiaomi brendining millionlab ishqibozlar kutganchalik oddiy emas. Endi bu hamyonbop smartfonlar ancha ilg‘or jihatlar bilan boyitilib, ko‘pchilikning qalbida arzon smartfon ham yaxshi jihatlarga ega bo‘lishi to‘g‘risida ishonch uyg‘otdi. Misol uchun, endi qo‘sh modulli kamera orqali hamyonbop smartfonda ham orqa foni g‘ira-shira qilingan chiroyli surat olish mumkin. Hatto, bu bosh kamerada manzara sifatini yo‘qotmasdan turib, 2 karralik optik yaqinlashtirish imkoni bor.

Xiaomi Redmi Note 5 to‘g‘risidagi ma’lumotlar internet tarmog‘ida yetarlicha. Manbalardan birining tasdiqlashicha, bu gadjetlar tez orada rasman taqdim qilinadi.

Bugun esa Xitoyning mobil gadjetlar va telekommunikatsiya vositalariga guvohnoma beruvchi idorasi raqami "MET7S" va "MEE7S" bo‘lgan smartfon modellari to‘g‘risida ma’lumotni e’lon qildi. Unda aytilishicha, bu smartfonlar Xitoydagi to‘rtinchi avlod aloqa tarmog‘i bo‘lgan LTE 4G'da ishlashga moslashgan.

Ekspertlarning ishonch bildirishicha, bu sirli kodlar ortida Xiaomi Redmi Note 5 smartfonining modellari turibdi. Sababi, devayslar haqidagi ma’lumotlar shundan dalolat beradi.

Xiaomi Redmi Note 5 modeli 3/32 GB hamda 4/64 GB xotirali talqinlarda ishlab chiqariladi. Guvohnoma olinganiga ko‘ra, gadjetlar tez orada, aniqrog‘i sanoqli hafta orasida namoyish qilinib, sotuvga chiqariladi.

Bugungacha bizga ma’lum xabarlarga ko‘ra, Xiaomi Redmi Note 5 smartfoni 5,9 dyuymli, romsiz IPS-ekranga ega bo‘ladi. Bu ekran zamonaviy uslubda, ya’ni 18:9 standartli tomonlar nisbati bilan o‘ziga xosdir. Snapdragon 632 protsessori, 3/4 GB tezkor va 32/64 GB doimiy xotira, USB Type-C uslubidagi universal porti, hashamdor metall korpusi bilan smartfon bozorda juda tez fursatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.

Qadoqdayoq eng so‘nggi operatsion tizim -- MIUI 9 proshivkasiga ega bo‘lishi kutilayotgan 197 AQSh dollaridan bozorga chiqariladi.