HD ekranli arzon Xiaomi Redmi 4A rasman taqdim qilindi

HD ekranli arzon Xiaomi Redmi 4A rasman taqdim qilindi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi kecha Redmi 4 va Redmi 4 Pro smartfonlari bilan bir qatorda arzon Redmi 4A modelini ham rasman namoyish etdi.

Modelning narxi 74 AQSh dollarini tashkil etadi.

Xiaomi Redmi 4A 5 dyuymli HD aniqligidagi IPS ekran, 13 MPli (f/2.2) asosiy va 5 Mpli old kamera, to‘rt yadroli Snapdragon 425 protsessori va 2 GB tezkor  xotira bilan jihozlangan. Doimiy xotirasining sig‘imi 16 GB, biroq uni microSD yordamida 128 GBgacha kengaytirish mumkin. Batareyaning sig‘imi – 3120 mA/soat. Garchi qurilmaga barmoq izi skaneri o‘rnatilmagan bo‘lsa-da, biroq u IK-port va 4G modul bilan ta’minlangan.

gsmarena_003

Modelning arzon narxi uning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Xiaomi Redmi 4A ikki xil rangda (tillarang va pushti) 11 noyabrdan boshlab Xitoyda sotuvga chiqadi.