Hindistonda 1 oyda 4 million dona smartfon sotgan brend ma’lum bo‘ldi

Hindistonda 1 oyda 4 million dona smartfon sotgan brend ma’lum bo‘ldi

Hindiston — smartfon ishlab chiqaruvchilari uchun yirik va "och" bozor. Samsung va Apple kabi gigantlar xalqaro smartfon bozori uchun kurashayotgan bir paytda, Xiaomi hind bozoridagi o‘rnini tobora mustahkamlamoqda.

Ayni paytda Hindiston smartfon bozorida sotilayotgan 22,3% gadjetlar Xiaomi ulushiga to‘g‘ri keladi. Undan oldinda Samsung (22,8%) turibdi. Biroq, "xitoylik Apple"ning smartfon savdosidagi o‘sish shu taxlit o‘sishda davom etsa, yaqinda u bozorda peshqadam smartfonsozga aylanadi.

25 oktyabrda Xiaomi'ning Hindiston Respublikasidagi rahbari kompaniya shu yilning 20 sentyabridan 19 oktyabriga qadar mamlakatda 4 million donadan ziyod Xiaomi smartfonlari sotilganini e’lon qildi. Bunga «Divali shodiyonasi MI bilan» nomli promo-aksiyasi yordamida erishilgan.

Savdolar chog‘ida Redmi Note 4, Redmi Note 4X, Xiaomi Mi A1, Xiaomi Mi Max 2, Mi6, Mi5X, Mi Mix 2 kabi ommaviy-zamonaviy smartfon modellari eng ko‘p sotilgan.

2 noyabrdan esa Xiaomi Hindistonda selfi tushishga mo‘ljallangan hamyonbop smartfonlarni sotuvga chiqarishni reja qilmoqda. Aniqrog‘i, noyabrdan boshlab bu yerda hali taqdim qilinmagan, 16 megapikselli old kameraga ega Xiaomi Mi Note 3'ning sotilishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!