Hindistondan uchirilgan Singapur sun’iy yo‘ldoshlari orbitaga muvaffaqiyatli chiqarildi

Hindistondan uchirilgan Singapur sun’iy yo‘ldoshlari orbitaga muvaffaqiyatli chiqarildi

16 dekabr kuni Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi Satish Dxavan nomli kosmodromdan Singapurga qarashli oltita sun’iy yo‘ldosh fazoga uchirildi.

Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) birinchi marta orbitagacha parvoz vaqtida dvigatelni o‘chirdi va yurgizdi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Avvaldan belgilangan rejaga ko‘ra raketa sun’iy yo‘ldoshlarni ekvatorga nisbatan 15 gradus qiyalikda Yerdan 550 km balandlikka olib chiqadi.

Raketa bortidagi asosiy sun’iy yo‘ldosh 400 kg vaznli TeLEOS-1. U bilan birga 123 kgli VELOX-CI va 78 kgli Kent Ridge-1 mikrosun’iy yo‘ldoshlari uchirilgan. Shuningdek, 13 kg vazndagi Athenoxat-1 va VELOX-II hamda 3,4 kgli Galassia nanosun’iy yo‘ldoshlari ham bor.

Kosmos va atom energetikasi vaziri 2015-2017 yillar mobaynida Hindiston olti mamlakatning 28 sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirayotganini aytdi. Jazoir, Kanada, Germaniya, Indoneziya, Singapur va AQSh ob’yektlari bilan ishlash mo‘ljallanmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!