Hippo Wiz – ekran va kameradan video yozib oluvchi qulay ilova

  •   DiMaX
  •  2341
  •  27.06.2017 16:41

Hippo Wiz – ekran va kameradan video yozib oluvchi qulay ilova

Biror ta’limiy video tayyorlash uchun ekrandagi harakatlarni yozib oluvchi dastur izlayapsizmi? Hippo Wiz bu borada o‘qituvchilarga, sotuvchilarga va texnik qo‘llab-quvvatlash markazlari xodimlariga juda qo‘l keladi. Shular qatori sizga ham asqotishi mumkin. Bu ilova orqali boshqa foydalanuvchilarga javob berish, ta’limiy video va taqdimotlar yaratish mumkin.

Mazkur servis kompyuter ekranidan audio hamda videoni, shuningdek, veb-kameradan videoni yozib olishga yordam beradi. Hippo Wiz’da tahrirlash uchun o‘z jihozlari mavjud.  Ular videoni kesish, unga imzo yoki matn, teg, emodzilar va boshqa unsurlar qo‘shish imkonini taqdim etadi. Shuningdek, yozilayotgan faylga avvaldan suratga olingan videoni yoki kompyuterdagi videoni qo‘shish ham mumkin. Ovoz yo‘lakchalarini ham tahrirlash, almashtirish va qo‘shib yuborish imkoniyatlari bor. Xullas, Hippo Wiz bitta video uchun bir nechta ilovalardan foydalanish zaruratidan qutqaradi.

Tayyor bo‘lgan videoni ilovaning o‘zida yoki kompyuterda saqlash, shuningdek, YouTube, Google Drive yoki Google Classroom servislariga yuklash mumkin. Bu yozuvni elektron pochta orqali yuborishingiz, saytga joylashingiz yoxud ijtimoiy tarmoqlarda ulashishingiz ham mumkin.

Servis ikki versiyada – pulli va pulsiz tarzda taqdim etiladi. Bepul versiyasida har oyda 50 tagacha video yozish mumkin, ammo ularning davomiyligi 10 daqiqagacha bo‘ladi hamda tasvirda Hippo Wiz logotipi va «suvli» belgisi ham aks etib turadi. Shuningdek, boshqa imkoniyatlari ham bepul versiyada cheklangan.

Premium-versiyasida bo‘lsa videoni o‘zingizga kerak bo‘lganicha uzunlikda tayyorlay olasiz. Tayyor fayllarni kompyuterda yoki Google Drive’da MP4 formatida saqlab qo‘yishingiz mumkin..

Hippo Wiz’dan foydalanish uchun, mana bu havola orqali ilovaning saytiga o‘ting yoki uning Chrome brauzeri uchun chiqarilgan kengaytmasini ushbu havola yordamida ko‘chirib olib o‘rnating.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.