HomTom HT16 – atigi 47 dollarlik qulay smartfonga buyurtma bering!

  •   DiMaX
  •  2336
  •  08.01.2018 14:31

HomTom HT16 – atigi 47 dollarlik qulay smartfonga buyurtma bering!

Xitoyning Doogee firmasi HomTom subbrendi ostida ko‘plab modellarda turli smartfonlar ishlab chiqaradi. Garchi ular orasida turli narx toifasiga mansub qurilmalar bo‘lsa-da, eng arzonlarining bozori chaqqon. Bugun biz qisqacha tavsifini keltirayotgan HomTom HT16 rusumli smartfon ham shulardan biri bo‘lib, kompaniya uning o‘ziga xos tashqi ko‘rinishiga va qulayligiga katta e’tibor qaratgan.

O‘QING: Samsung Galaxy S8’ning uchta romsiz raqibi – katta chegirmada!

HomTom HT16 smartfoni hamyonbop qurilmalarga moslab ishlab chiqarilgan yaxshi chiplardan biri – Mediatek MT6580 protsessori bazasida ishlaydi. Mazkur protsessor 1,3 GGs takt chastotasida ishlovchi to‘rtta ARM Cortex-A7 yadrosidan iborat bo‘lib, grafik tezlatgich sifatida unga Mali-400 MP2 videoadapteri ko‘makka keladi. 1 gigabayt hajmli tezkor xotirasi bilan birgalikda mazkur jamlanma quvvat sarflash hamda samaradorlikning yaxshi uyg‘unligini ta’minlab bera oladi. Bunaqa texnik ta’minotli smartfonda odatiy o‘yinlarni bemalol o‘ynash mumkin, ammo yuqori grafik sozlamali hamda ko‘p resursni talab etuvchi o‘yinlar HomTom HT16’ga uncha to‘g‘ri kelmaydi.

Mazkur telefonda ma’lumotlarni saqlash uchun 8 gigabayt ichki xotira ajratilgan. Tabiiyki, hozirda bu raqam ko‘pchilikni qoniqtirmaydi, shuning uchun ham HomTom HT16’da qo‘shimcha MicroSD uchun tirqish mavjud – qo‘shimcha karta yordamida uning xotirasini 32 gigabaytgacha oshirish mumkin. Aytish kerakki, HomTom HT16 smartfoni yuqoridagi xususiyatlari bilan Samsung Galaxy J1 Ace Duos modelidan kuchliroqdir.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini AliExpress orqali «Malika»dagidan arzonroqqa oling!

Dizayniga kelsak, HomTom HT16 korpusining orqa qopqog‘i qiziq ishlangan – uning yuzasi bo‘rtma chiziqchalardan iborat. Bu esa nafaqat smartfonning chiroyli ko‘rinishini ta’minlaydi, balki qo‘ldan sirg‘anib tushib ketishining ham oldini oladi. Darvoqe, nisbatan ixchamligi bois (144x72.1x8.9 millimetr) bu gadjet qo‘lda juda qulay o‘rnashadi.

Smartfonning diagonali 5 dyuymlik HD-displeyi esa yorqin, ranglarni yaxshi uzatadi. Piksellar sig‘imi 1280x720 birlikni tashkil etadi. HomTom HT16 asosiy kamerasi 8, selfi-kamerasi esa 5 megapikselli datchiklar bilan ta’minlangan.

Devays ikkita SIM-karta bilan, uyali aloqaning GSM/WCDMA tarmoqlarida ishlay oladi, uchinchi avlod 3G tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Unga Android operatsion tizimining 6.0 – Marshmallow talqini o‘rnatilgan. Akkumulyatorining sig‘imi 3000 mA/soatni tashkil etadi.

O‘QING: Batareyasi baquvvat smartfonlar

Endi asosiy masalaga kelsak: HomTom HT16 smartfoniga bor-yo‘g‘i 47 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan! Unga mana bu havola orqali AliExpress onlayn savdo platformasida buyurtma berish mumkin. Agarda bu borada tajribangiz yetarli bo‘lmasa, smartfonga biz orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.