Honor 10 – texnik imkoniyatlari a’lo, dizayn ham ajoyib

  •   Saroy
  •  1206
  •  29.05.2018 10:31

Honor 10 –  texnik  imkoniyatlari a’lo, dizayn ham ajoyib

Honor P20’ ning o‘ta muvaffaqiyatli o‘tgan taqdimotidan keyin  Huawei kompaniyasi raqobatchilariga yana bir kuchli zarbani hozirlab qo‘ydi. Gap shundaki, kuni kecha  xitoyliklar ommani yangi Honor 10 flagmanining tavsifi bilan tanishtirdi. Qurilma tashqi tomondan juda bejirim ishlangan va narxi ham e’tiborni tortadi.

15-qatlamli 3D-shishali telefonning orqa ustki qobig‘i nigohingizni o‘ziga tortmay qolmaydi. To‘g‘ri u juda hashamatli kurinadi, desak, unchalik to‘g‘ri bo‘lmas, lekin devaysning o‘zgarib, bir joydan ikkinchi joyga siljiyotgandek tovlanishiga qarab ko‘zingiz quvnashi aniq.

O‘QING: Huawei navbatdagi flagmanini 15 mayda taqdim etadi

Old tomonidan Honor 10 romsiz 5,84-dyuymli ekranga ega bo‘lgan. Xitoyliklar sensor tugmachalarini pastda qoldirgan, «monobrov» esa sozlagichda yashiringan, shunday ekan qurilma foydalnuvchilarga yoqishi aniq. Smartfonning yagona kamchiligi shuki, kompaniya displey uchun tejamkorlikni biroz oshirib yuborgan, ya’ni  OLED o‘rniga  IPS-matritsa o‘rnatilgan.

Imkoniyatlari jihatidan olib qaraganda, smartfon a’lo darajada ishlangan: mashhur Kirin 970 protsessori, 4 Gbaytli tezkor xotira va 64 yoki 128 GBaytli ichki xotira. Qurilmaning orqasida qo‘sh kamera bor, u 16 va 24 megapikselli. Old kamera ham 24 million pikselli formatga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar apparatda sun’iy ong ham o‘rnatilganini ma’lum qilishdi. U suratga olishda turli sahnalarni tanib olishga yordam beradi, bu esa, surat olishning yakuniy natijasiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Barcha tizim EMUI 8.1 qobiqli  Android 8.1 Oreo boshqaruvida ishlaydi.

O‘QING: «Malika»dagi eng hamyonbop Xiaomi smartfonidan ham arzon, tag‘in romsiz Honor 7 taqdim etildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!