Honor 6A: “Malika”da yap-yangi hamyonbop smartfon sotilmoqda

Honor 6A: “Malika”da yap-yangi hamyonbop smartfon sotilmoqda

Honor tukumi odatda nisbatan ilg‘or smartfonlarni kamxarj narxda taklif qiladi. Biroq, ba’zida plastik korpus, MediaTek'ning kuchsiz protsessori, kichik sig‘imli batareya hamda barmoq izi skanerining yo‘qligi ko‘pchilikka yoqmas edi.

Honor 6A — butunlay boshqa masala: metall korpus, barmoq izi skaneri, sifatli Qualcomm protsessori, 2/16 GB tezkor xotira hamda 13 Mp aniqligidagi yaxshi kamera. Va, bularning bari hamyonbop narx evaziga. Bizning qarshimizda 2017 yilning eng hamyonbop va narxiga munosib 1-raqamli smartfoni turgan bo‘lishi mumkin.

Honor 6A Honor 6A

Honor 6A'ning texnik jihatlari:

Ekran: TFT-IPS, 5", 1280x720, multitach;

Protsessor: Qualcomm Snapdragon 430, 64 bitli 4x1,5 GGs Cortex-A53 + 4x1,1 GGs Cortex-A53;

Grafik chip: Adreno 505;

Operatsion tizim: Android 7.0, EMUI 5.1;

Operativ xotira: 2 GB;

Doimiy xotira: 16 GB;

Qo‘shimcha xotira: microSDXC, 128 gigabaytgacha;

Aloqa: GSM 850/900/1800/1900 MGs || UMTS 900/2100 MGs || LTE: 1, 3, 7, 38, 39, 40, 41;

SIM-karta: nano-SIM + nano-SIM (gibrid bo‘lma);

Simsiz interfeys: Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.1;

Navigatsiya: GPS, GLONASS;

Kamera: bosh — 13 Mp (fotochaqnoq, avtofokus), old — 5 Mp;

Datchiklar: yorug‘lik, oraliq-masofv, akselerometr, barmoq izi skaneri, kompas;

Akkumulyator: 3020 mA soat;

O‘lchamlari: 143,7x70,95x8,2 mm;

Vazni: 143 gramm.

Qadoqni ochamiz

Honor 6A qadog‘ida quvvatlash uskunasi, USB-kabel, SIM-kartalar bo‘lmasini ochish uchun to‘g‘nog‘ich, foydalanish qo‘llanmasi mavjud.

Tashqi ko‘rinish

Huawei kompaniyasi va uning Honor subbrendi smartfonlari uzoq payt o‘ziga xos dizayni bilan boshqa "hamyurtlari"ning tashqi ko‘rinishidan ajralib kelishgan. Misol uchun, 2016 yilga mansub Honor 5A'ni olaylik — plastik orqa panel hamda o‘ta sodda dizayni bilan mazkur smartfon raqiblari oldida ip esha olmas edi.

Honor 6A esa dizaynidan salobatli va hashamdor ko‘rinsa ham, romlari plastikdan ishlangan.

Honor 6A

Orqa panelda 13 megapikselli bosh kamera moduli mavjud. Uning 2 tusli svetodiodli fotochaqnog‘i bor. Modul korpusdan bir oz bo‘rtib chiqib turibdi. U oson qirilmasligi uchun atrofi metall hoshiya bilan o‘ralgan.

Bir oz quyida esa barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. U o‘zining bosh funksiyasi bilan birga, boshqa vazifalarni ham bajaradi. Misol uchun, devaysni blokirovkadan chiqarish, qo‘ng‘iroqlarga javob berish, kamerani ishga tushirish, budilnikni o‘chirish, ogohlantirishlar doskasini tushirish, hatto galereyadagi suratlarni o‘tkazish mumkin.

Honor 6A Honor 6A

Honor 6A old tomoni himoya shishasi bilan qoplangan. Displey yuqorisida esa — 5 megapikselli old kamera, suhbat dinamigi, o‘tkazib yuborilgan voqealar uchun LED-indikatori va datchiklar mavjud.

Korpusning o‘ng tomonida o‘chirib-yoqish hamda ovozni boshqarish tugmasi o‘rnatilgan. Korpusning chap yonida esa — bo‘lmacha mavjud. Unga 2 dona sim-karta yoki 1 dona sim-karta va 1 dona qo‘shimcha xotira fleshkasini qo‘yish mumkin. Shuningdek, smartfonning avvalgi yilgi modellaridan yana bir farqi — korpusda endi «aqlli» tugma yo‘q.

Bosh dinamik va micro-USB porti korpus quyisida joylashtirilgan, tomda esa 3,5 millimetrli audio tuynuk bor.

 

Ekran

Honor 6A 5 dyuymli va HD sig‘imli IPS-displey bilan ta’minlangan. Albatta, o‘ta sifatli tasvir namoyishini hamyonbop smartfonlardan kutish – bir oz xato. 6A ekrani ham boshqa hamyonboplarniki kabi narxiga yarasha, albatta!

Birinchidan, 6A ekrani oleofob, ya’ni dog‘-dug‘ga qarshi qoplamadan mahrum bo‘lgan. Shuning uchun barmoq ekranda bir tekis harakatlanmaydi, ekran bir oz dog‘larga o‘chroq. Shu bilan birga, "og‘ir" o‘yin ishqibozlari ba’zi vaqtda grafik-tasvir sifatidan xursand bo‘lmasliklari mumkin.

Ekranda tasvir ranglarining keskinligi yuqori bo‘lmasa ham, surat markazda va ekran chekkalarida bir xil aks etadi. Ekranni engashtirganda surat sifati o‘zgarmaydi.

Sozlamalarda rang-tus haroratini o‘zgartirish mumkin. Shu bilan birga, ekranda "mutolaa" rejimi ham mavjud.

 Honor 6A Honor 6A

Interfeys

Honor 6A Android 7.0 Nougat'ning o‘zlashtirilgan EMUI 5.1 talqini boshqaruvida ishlaydi.

Tizimning bracha standart funksiyalari mavjud: ko‘p oynali rejim, bir vaqtning o‘zida 2 ilovadan foydalanish, xatlarga ogohlantirishlar oynasidan javob yo‘llash va boshqalar. Huawei bu tizimni qulay va yoqimli dizaynda tayyorlagan. Hamyonbop smartfon uchun bu juda katta yutuq. Shu bilan birga, smartfon tez-tez "o‘ylanib" qoladi.

O‘rnatilgan dasturlar orasida «Telefon dispetcheri», salomatlikni nazorat qiluvchi dastur, fayl menejeri, musiqiy pleyer, "Galereya" va boshqa funksiyalar diqqatga sazovor. Swiftkey Keyboard klaviaturasi esa tanish so‘zlarning sheriklarini avtomatik tarzda taklif qiladi.

 Honor 6A

Apparat platformasi

Smartfon "yurakchasi" sifatida taniqli Qualcomm Snapdragon 430 protsessori tanlangan. Uning chastota tezligi 1,5 GGs. Bu chipset bir qator hamyonbop smartfonlarda o‘rnatilgan. Bu chip quvvatni tejashi bilan ham nom qozongan. Grafik-tasvirlar uchun esa Adreno 505 mas’ul. Tezkor xotira sig‘imi 2 GB, doimiy xotira esa 16 GB. microSD yordamida doimiy xotirani 128 gigabaytgacha oshirish mumkin. Buning uchun bitta SIM-kartadan voz kechish kerak.

Honor 6A 3D-o‘yinlarni ham qo‘llab-quvvatlaydi, video-karta ommabop o‘yinlarda o‘zini to‘liq oqlaydi. Juda "og‘ir" o‘yinlarda smartfon bir oz qiynalishi mumkin.

Honor 6A'ning raqiblari sifatida Nokia 5 yoki Xiaomi Redmi 4X smartfonlarini aytish mumkin. Biroq, ular bir oz samarador va qimmat.

Dinamik va mikrofonning ishlashi yaxshi, ovoz zahirasi yetarli. Suhbatdoshni shovqin joyda ham yaxshi tinglash mumkin. Multimedia dinamigi bitta va ovoz darajasi o‘rtacha.

Honor 6A

Kamera

Honor 6A standart kameraga ega bo‘lgan — 13 megapikselli, yorug‘lik taqsimoti f/2,2 bo‘lgan bosh modul hamda 5 Mp aniqligidagi old modul. Kamera ilovasining interfeysi ham soddagina. Foydalanuvchi uchun kerakli rejimlar mavjud: HDR, sekinlashtirilgan video, taymlaps, panorama, qiyofaga zeb berish.

Shu bilan birga, kamera ilovasidagi professional rejim bo‘lib, ekspozamer, ISO, oq tus balansi, fokusni qo‘lda ham sozlash mumkin.

Honor 6A

Ishlab chiqaruvchi kameraning suratni qayta ishlash algoritmini alohida mehr bilan ishlab chiqqan. Natijada, hamyonbop bo‘lsa ham, Honor 6A yorug‘lik past sharoitda ham boshqa raqiblaridan yaxshiroq surat oladi. Kunduzgi suratlarning sifati yuqori.

Old kamera 5 Mp aniqligida va uning ishlashi ham o‘rtacha. Ayniqsa, yorug‘lik yetarli bo‘lsa, taassurotli selfilar olsa bo‘ladi.

Honor 6A bosh kamerasida Full HD (30 fps) video olish mumkin. Barqarorlashtirish funksiyasi yo‘q.

 Honor 6A

Simsiz interfeys

Smartfonda Bluetooth 4.1, Wi-Fi b/g/n va FM modullar bor. Biroq, ishlab chiqaruvchi NFC va Wi-Fi 5 GGs modullarini o‘rnatmagan.

 Akkumulyator imkoniyatlari

Korpusdan ajralmaydigan akkumulyatorning sig‘imi — 3020 mA soat va faol foydalanganda bu quvvat 24 soatga yetib beradi. Yanayam uzog‘roq ishlashi uchun Honor 6A'da quvvatni tejash rejimi ham bor. Quvvatni tejashning ham 2 usuli bor: birinchisida barcha ilovalar o‘chirib qo‘yilsa, ikkinchi usulda qo‘ng‘iroq va SMS xizmatlari o‘chirib qo‘yiladi. Ikkinchi usul yordamida akkumulyatorni to‘liq quvvatlab, smartfondan 1 haftagacha foydalanish mumkin.

Amalda esa smartfonda o‘rtacha yorug‘lik bilan bir soat o‘yin o‘ynash 12 foiz quvvatni sarf qiladi. Agar onlayn-video ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, to‘liq quvvat 7,5 soatga yetadi.

Honor 6A

Xulosa

“Malika”da Honor 6a ayni paytda 1,180,000 so‘mdan sotilmoqda. Bu narx evaziga jahonda tan olingan brend gadjetiga ega bo‘lish – ko‘pchilik uchun ma’qul. Honor 6A samaradorligi boshlang‘ich darajada bo‘lgan, o‘rtacha displeyli, yaxshi kamerali smartfon. Uning ijobiy jihatlari ko‘p — metall korpus, aniq va tezkor barmoq izi skaneri, Qualcomm 430 protsessori, kamera va uzoqqa yetadigan akkuumlyatori, Honor 6A — narxi jihatlariga to‘la munosib smartfon.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!