Honor 6S: yangi “hamyonbop”ni xarid qilish uchun 6 sabab

Honor 6S: yangi “hamyonbop”ni xarid qilish uchun 6 sabab

2017 yilning may oyida xalqaro bozorga Huawei’ning navbatdagi nisbatan arzon smartfoni — Honor 6C taqdim qilindi. Huawei’ning “cho‘ntak ko‘taradigan” aloqa vositalari yurtimiz elektronika vositalari bozorida ommabopligini hisobga olib, quyida ushbu smartfonga xos jihatlarni sanab o‘tamiz.

1. Dislpey: Metall korpusli devaysga 5 dyuymli HD (720 x 1280 pikselli), 2.5D effektiga ega shisha qoplangan ekran o‘rnatilgan. Orqa paneldan barmoq izlari skaneri o‘rin olgan.

2. Dasturiy va apparat ta’minoti: Android 6.0 Marshmallow’ning o‘zlashtirilgan EMUI 4.1 talqinida ishlaydigan apparat ta’minoti uchun 1,4 GGs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 435 protsessori, 3 gigabaytli tezkor xotira, 128 GB.gacha kengaytirish mumkin bo‘lgan 32 gigabaytli doimiy xotira tanlangan.

3. Akkumulyator: Undagi quvvat sig‘imi 3020 mA soat bo‘lgan akkumulyator faol foydalanganda 3 kungacha bemalol yetadi. Qolaversa, quvvat taqsimotini muvofiqlashtiruvchi maxsus dastur orqali gadjet “kutish” rejimida 250 soatgacha ishlaydi.

4. Kamera: Honor 6C 5 megapikselli old va 13 megapikselli bosh kameraga ega.

5. Qiziq jihati: Smartfonda maxsus fayl tizimini yaxshilovchi texnologiya bo‘lib, u protsessor samaradorligini 20 foizgacha oshiradi. Barmoq izlari skaneri barmoq zarbiga ko‘ra ham turli funksiyani bajaradi.

6. Narxi: Honor 6C smartfon bozorida 220 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!