Honor V10 avtonomligi eng kuchli flagmanlardan biri bo‘lib chiqdi

  •   DiMaX
  •  1185
  •  01.02.2018 11:04

Honor V10 avtonomligi eng kuchli flagmanlardan biri bo‘lib chiqdi

Huawei kompaniyasi Honor subbrendi ostida turli narx toifalariga mansub smartfonlar taqdim etib kelayotir. Bu turkumdagi Honor V10 flagmanining 16 megapikselli RGB-sensor hamda 20 megapikselli monoxrom sensorlardan iborat asosiy kamerasi ham, 13 megapikselli selfi-kamerasi ham «sun’iy idrok» tizimi bilan to‘ldirilgan.

O‘QING: Huawei romsiz ekranli Honor V10’ni rasman taqdim etdi

Ushbu model dunyo bozoriga Honor View 10 nomi bilan taqdim etilgan bo‘lib, allaqachon bir nechta mamlakatlarda katta talab bilan sotilayotir. Zero, 474 dollardan boshlab sotuvga chiqarilgan bu devays boshqa smartfonsozlarning bundan ancha qimmat flagmanlari bilan ham bellasha oladi.

O‘QING: CES 2018: Honor'ning "flagmanlar kushandasi" sotuvga chiqarildi

FoneArena resursi Honor V10 smartfonining avtonomligi, ya’ni quvvati qancha uzoq vaqtga yetishini sinovdan o‘tkazib ko‘rdi. Mutaxassislar qurilmani turli tomondan foydalanib sinab ko‘rishdi – 3G va Wi-Fi orqali internetda kezish, telefonda gaplashish va video tomosha qilish kabi. Natijalarga ko‘ra, u avtonomlik bo‘yicha smartfonlar bozoridagi flagmanlar orasida eng yuqori o‘rinlardan birini egalladi.

Mana, quyida turli funksiyalari bo‘yicha foydalanishda Honor V10 quvvati qancha vaqtga yetishi boshqa flagmanlarlarning shu ko‘rsatkichlari bilan solishtirib ko‘rsatilgan:

Telefonda gaplashish vaqti bo‘yicha ikkinchi o‘rinda – 33 soatu 31 daqiqa:

3G tarmog‘i orqali internetga kirishda uchinchi o‘rin – 8 soatu 27 daqiqa:

Wi-Fi tarmog‘i orqali internetdan foydalanish bo‘yicha esa Honor V10 eng yuqori cho‘qqini zabt etgan – naq 12 soatu 47 daqiqa!

Videolavhalar tomosha qilishda biroz pastroq – oltinchi o‘rinda, 11 soatu 14 daqiqa:

Akkumulyatorining tez to‘lishi bo‘yicha uchinchi o‘rinda – 1 soatu 22 daqiqa:

Kutish rejimida esa ikkinchi o‘rin – quvvati 53 soatga yetgan:

FoneArena xodimlari standart foydalanishda Honor V10 quvvti 16 soatu 27 daqiqaga yetishini aniqlashgan. Agar 3750 mA/soat sig‘imga ega akkumulyator bilan jihozlanganligi, displeyi 5,99 dyuymlik ekanligini hisobga olsak, bu juda yaxshi ko‘rsatkich. Bu natijaga erishishda uning «sun’iy idrok» tizimiga ega Kirin 970 protsessori ham katta rol o‘ynaydi.

O‘QING: Quvvati eng ko‘pga yetadigan 2017 yil flagmanlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!