Hoziroq Android 8.0 Oreo'ga yangilanadigan smartfonlar ro‘yxati!

Hoziroq Android 8.0 Oreo'ga yangilanadigan smartfonlar ro‘yxati!

"Har doimgidan-da aqlli, tezkor, kuchli va yoqimli"! Bu shior Google o‘tgan yili namoyish qilgan Android 8.0 Oreo eng ilg‘or mobil operatsion tizimga tegishli.

Taqdimotdan so‘ng deyarli yarim yil vaqt o‘tdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda jahon miqyosida 40 dan ziyod smartfon modellarida yangi mobil operatsion tizimdan foydalanish mumkin. Ulardan 30 ta modelda Android 8.0 Oreo tizimining rasmiy talqinini o‘rnatish mumkin.

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, platforma avvalgi tizimlardan 2 barobar tez ishlaydi va yuklanadi. Uning xavfsizligi uchun alohida Google Play Protect funksiyasi ishlab chiqilgan.

Android 8.0 Oreo operatsion tizimiga ega bo‘lishi mumkin smartfon modellari:

ASUS
ASUS ZenFone 4
ASUS ZenFone 3

BlackBerry
Blackberry DTEK 50
Blackberry DTEK 60
BlackBerry KEYOne
BlackBerry Motion

Essential
Essential Phone

HTC
HTC U10
HTC U11
HTC U Ultra
HTC 10

Huawei
Huawei Mate 9
Huawei P10
Huawei P10 Plus
Huawei Mate 10
Huawei Mate 10 Pro
Huawei Honor 6X
Honor 8 Pro
Huawei Nova 2S
Honor 9 Lite

Lenovo
Lenovo K8

LG
LG G6
LG V30 / V30+

Motorola
Moto G4 Plus
Moto X4

Google
Nexus 6P
Pixel
Pixel XL
Pixel 2
Pixel 2XL

Nokia
Nokia 2
Nokia 3
Nokia 5
Nokia 6
Nokia 7
Nokia 8

OnePlus
OnePlus 3
OnePlus 3T
OnePlus 5
OnePlus 5T

Razer
Razer Phone

Samsung
Samsung Galaxy J2 Pro 2018
Samsung Galaxy S6
Samsung Galaxy S7
Samsung Galaxy S7 S7 Edge
Samsung Galaxy S8
Samsung Galaxy S8+
Samsung Galaxy Note 8

Sharp
Sharp AQUOS R Compact

Sony
Sony Xperia L1 (G3311, G3312, G3313)
Sony Xperia XA1 (G3121, G3123, G3125, G3116, G3123)
Sony Xperia XA1 Ultra (G3221, G3212, G3223, G3226)
Sony Xperia X (F5121, F5122)
Sony Xperia X Compact
Sony Xperia X Performance
Sony Xperia XZ (F8331, F8332)
Sony Xperia XZ Premium ( G8141, G8142)
Sony Xperia XZs (G8231, G8232)
Sony Xperia XZ1, XZ1 Compact
Sony Xperia XZ1

Xiaomi
Xiaomi Mi A1
Xiaomi Mi Mix 2
Xiaomi Mi 6

ZTE
ZTE Axon 7

Android 8.0 Oreo smartfonlarga qanday imkoniyat beradi?

Video ko‘rayotgan paytda smartfonda biror boshqa amalni bajarishga to‘g‘ri kelib qolsa, tomosha qilishni to‘xtatishga hojat bo‘lmaydi. Picture-in-Picture (rasm ichida rasm) funksiyasidan foydalangan holda video ilovasining o‘lchamini kichraytirib, ekran burchagiga joylab qo‘yaverasiz. Ayni damda mazkur rejimda faqat bir nechta ilovalargina ishlay oladi, lekin kelajakda uni barcha pleyerlar va videochatli messenjerlar ham qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ladi.

Virtul olamda noverbal (so‘z ishlatmagan holda) muloqot qilishni xush ko‘ruvchilar uchun Android 8.0 Oreo tizimida barcha mavjud emodzilar qayta chizib chiqilgan va yana 60 ta yangisi qo‘shilgan.

Notification Dots, yoki bildirishnomalar nuqtasi yordamida u yoki bu ilovadani ochmasdan turib, undagi bildirishnomalarni o‘qish uchun o‘sha ilova yorlig‘iga barmoqni bosib turishning o‘zi kifoya qiladi.

Va, boshqa ko‘plab innovatsion ishlanma, yechimlardan foydalaning.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.