HP yaratgan «jahondagi eng yupqa» noutbuk sotuvga chiqdi

HP yaratgan «jahondagi eng yupqa» noutbuk sotuvga chiqdi

HP kompaniyasi taqdim qilgan 2-avlod Spectre 13 noutbuki 13,3 dyuymli sensor displeyga ega bo‘lgan. Ekran tirnalishlardan himoya qiluvchi Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan, shuningdek yupqa romlar bilan o‘ralgan. Ekran sig‘imi Full HD bo‘lsa ham, uni 4K'ga ko‘tarish mumkin. HP yangi modelni jahondagi sensor ekranga ega yupqa noutbuk sifatida targ‘ib qilmoqda. Uning korpusining qalinligi 10,8 mm.

Noutbukning o‘ziga xosliklari qatoriga Intel'ning 8-avlod chiplari hisoblangan 4 yadroli Core i5 yoki i7 Kaby Lake Refresh protsessorini, 16 Gbayt.gacha operativ xotira, 1 Tbayt.gacha bo‘lgan PCIe SSD doimiy xotirani, markazlashtirilgan, mustaqil Intel UHD Graphics 620 video-kartasini keltirish mumkin.

Ishlab chiqaruvchining e’lon qilishicha, noutbukning to‘liq quvvat bilan ishlash vaqti 11,5 soat. HP, shuningdek unga tezkor quvvat olish texnologiyasini ham tatbiq qilgan. Natijada, laptop batareyasi 30 daqiqada 50 %ga to‘ladi.

Spectre 13'ning klaviaturasi to‘liq hajmli hamda ostki yoritish tizimiga ega bo‘lgan. Shuningdek, Bang & Olufsen dinamiklari «toza» ovoz uchun yetarli.

Kommunikatsiya imkoniyatlari sifatida bir juft Thunderbolt 3 porti, bitta USB Type-C 3.1 Gen porti hamda naushnik, mikrofon uchun portlarni aytish mumkin.

HP Spectre 13 devaysi 2017 yilning noyabridan boshlab jahon bozorlarida 1700 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!