HP yonib ketish xavfi tufayli 101 ming noutbuk batareyasini qaytaradi

HP yonib ketish xavfi tufayli 101 ming noutbuk batareyasini qaytaradi

AQShning HP kompaniyasi yonib ketish xavfi tufayli 101 ming noutbuk batareyasini chaqirib oladi, deb yozmoqda 3D News.

2016 yilning o‘rtalarida HP 41 mingta portativ kompyuter akkumulyatorlarini chaqirib olishini e’lon qilgan edi. Bu galgi 101 mingta batareya esa 2013-2016 yillar davomida ishlab chiqarilgan noutbuklarga, jumladan, nashrning qayd etishicha, HP Compaq, HP ProBook, HP Envy, Compaq Presario va HP Pavilion markasidagi noutbuklarga o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, defektli batareyalar alohida sotilgan yoki servis markazalriga yetkazib berilgan. Nosoz batareyalar yong‘in keltirib chiqarishi yoki kuyishga sabab bo‘lishi mumkin ekan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!