HTC Desire 10 Lifestyle va HTC Desire 10 Pro smartfonlari namoyish etildi

HTC Desire 10 Lifestyle va HTC Desire 10 Pro smartfonlari namoyish etildi

Bugun Tayvanning HTC kompaniyasi HTC Desire 10 Lifestyle va HTC Desire 10 Pro smartfonlarining taqdimotini o‘tkazdi. Har ikkala devays bir-biriga o‘xshash dizaynda bo‘lsa-da, biroq turlicha texnik parametrlarga ega.

Desire 10 Lifestyle 1,6 GGs chastotali Snapdragon 400 protsessorida ishlaydi, 5,5 dyuymli HD ekran hamda 2/3 GB tezkor yoki 16/32 GB doimiy xotiraga ega. Shuningdek, smartfon HTC BoomSound Hi-Fi Edition va Hi-Res Audio formatidagi ohanglarni qo‘llab-quvvatlaydi. BBatareya sig‘imi – 2700 mA/st.

Desire 10 Pro ham 5,5 dyuymli ekranga ega, ammo undagi ekran aniqligi Full HD formatida. Model MediaTek Helio P10 protsessorida ishlaydi, 3/4 GB tezkor yoki 32/64 doimiy xotiraga ega. Desire 10 Pro 20 MPli asosiy (lazerli avtofokus va ikkitali chaqnoq) va 13 MPli old kamera bilan ta’minlangan, barmoq izi skaneri va 3000 mA/st sig‘imli batareyaga ega.

htc_desire_10_press_03

Ikkala smartfon 2 TBgacha bo‘lgan  microSD kartalarini va tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonlar Android Marshmallow versiyasida faoliyat ko‘rsatadi.

HTC Desire 10 Lifestyle va HTC Desire 10 Pro noyabr oyida sotuvga chiqariladi. Hozircha devayslar narxi e’lon qilinmagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!