HTC Desire 630 – zamonaviy dizayn, kuchli kommunikatsiya imkoniyatlari

HTC Desire 630 – zamonaviy dizayn, kuchli kommunikatsiya imkoniyatlari

Tayvanning HTC kompaniyasi 2016 yilning fevral oyida Barselonada o‘tkazilgan MWC (Mobile World Congress) ko‘rgazmasida  HTC Desire 630 nomli zamonaviy yangilangan dizayn va kuchli kommunikatsiya imkoniyatlariga ega bo‘lgan modelni taqdim qilgan edi. Mazkur smartfon shu yilning mart oyidan boshlab jahonning ko‘plab telefon bozorlarida sotila boshladi. Jumladan, ayni paytda u O‘zbekiston bozorlarida ham yaxshi xarid qilinmoqda. Quyida modelga tegishli imkoniyatlar, xususiyatlar, yangiliklar haqida so‘z yuritamiz.

Parametrlar:

Gabaritlari 146,9 x 70,9 x 8,3 mm
Og‘irligi 140 gramm
Tarmoq 2G/2,5G – GSM/GPRS/EDGE: 850/900/1800/1900 MGs, 3G – UMTS: 850/900/2100 MGs, 3G – CDMA2000: 800 MGs (BC0) 1xEvDORev.A
Ekran 5 dyuym, HD, Super LCD
Operatsion tizim Android 6.0 Marshmallow (HTC Sense interfeysida)
Kamera 13 MP asosiy, avtofokus, BSI-sensor, diafragma f/2,2. HDR, 1080r aniqligida video yozish imkoniyati, old kamera – 5 MP (BSI-sensor, diafragma f/2,8)
Xotira Tezkor xotira – 2 GB, doimiy xotira – 16 GB.
Protsessor Qualcomm Snapdragon 400 (4 x 1,6 GGs)
Ohang Hi-Res Audio, HTC BoomSound profil (DolbyAudio 4 garnitura uchun)
Akkumulyator 2200 mA/st
SIM-karta 2 ta GSM (nano SIM)+SDMA
Kommunikatsiya micro-USB 2.0, Bluetooth 4.1, Wi-Fi 802.11 b/g/n (2,4 MGs)
Sensorlar yaqinlik sensori, yorug‘lik sensori, harakat sensori (G-sensor)

Komplekt

Smartfon o‘rami, umuman olganda, boshqa  telefonlar komplektlaridan katta farq qilmaydi. Ammo unda ikkita orqa panel himoya chexollari ham qo‘shimcha tarzda taqdim etilgan. Bu, albatta, xaridorni smarfonga aksessuar sotib olish tashvishidan xalos etadi.

20140206_195003

O‘ramda telefon, 2 ta orqa himoya chexoli, zaryadlash qurilmasi, naushnik, bog‘ich, foydalanish yo‘riqnomasi va kafolat taloni mavjud.

20140206_195410

20140206_195124

Dizayn va elementlar joylashuvi

Ko‘pchilik ekspertlar MWC (Mobile World Congress) ko‘rgazmasida HTC Desire 630 modelining o‘zgacha, qulay va zamonaviy dizaynga ega ekanini ta’kidlashgan edi.  Chindan ham smartfon dizayni ustida tayvanlik mutaxassislar ancha ter to‘kishgan. Smartfonni yaratishda ishlab chiqaruvchi maxsus yaratilgan forsunkalar, turli bosim sozalamalari va bo‘yoq variantlaridan foydalangan. Bu esa telefonning tashqi ko‘rinishini yaxshilashda o‘zining samarasini bermay qolmagan. Apparat korpui plastik materiallaridan tayyorlangan. Yengil. Qig‘ig‘i, boshqa markadagi smartfonlarga o‘xshab orqa panel plastikdan tayyorlangan bo‘lsa ham, u qo‘lda toymaydi.

20140206_094812  20140206_094759

Quvvat va ovoz balandligini sozlaydigan tugmalar o‘ng tomonda joylashgan, micro-SD va SIM-karta slotlari chap tarafdan o‘rin olgan.  SIM-karta slotlari bir-birga yaqin joylashgan, ulardan foydalanish ancha qulay.

20140206_094829

20140206_094855

20140206_095040  20140206_095214

Telefonning old tarafida frontal kamera, gapirish va eshitish karnaylari joylangan. Orqa panelda esa 13 MPli asosiy kamera, chaqnoq va dinamik o‘rin olgan. Kompaniya logotipi old panelning quyi qismida. Naushnik uyasi yuqorida, zaryadlash uyasi esa pastki qismda joylashgan.

20140206_095120

Modelning ergonomikasi yaxshi ishlangan, foydalanishda umuman noqulaylik his etilmaydi. Smartfonning o‘lchamlari, nazarimda, hozirda sanoatdagi eng optimal ko‘rsatkichlarga javob beradi.

Displey

HTC Desire 630  – o‘rta segmentdagi smartfon. Shuning uchun uning texnik parametrlari ham apparatning tannarxidan kelib chiqqan holda shakllantirilgan. Qurilma ekrani kamtargina HD aniqligida (720 x 1280 piksel), Super LCD matritsasida ishlab chiqilgan. Kattaligi – 5 dyuym.

Bir dyuymda 294 ta piksel qamrab olingan. Bu ko‘rsatkich o‘rta narxdagi smartfonlar uchun kutilganidan ham yaxshi natija.

Screenshot_20160911-151443 Screenshot_20160911-151452

Bildirishnomalar panelidan ekran yorqinligini sozlash mumkin. Tan olish kerak, LCD  matritsasidagi ekranlar AMOLED kabi ranglarni yanada aniqroq va yorqinroq aks ettira olmaydi. Kuchli yortiilgan sharoitda (masalan, quyoshli kunda) modelda ekran yorqinligini maksimum darajaga chiqarib foydalansa bo‘ladi.

Shuningdek, ekrandagi qo‘rinishni “HTC Temi” ilovasi yordamida o‘zgartirshi imkoniyati ham mavjud. Albatta, mavzularni tashqi serverdan yuklab olish kerak bo‘ladi. Ammo ularning hajmi uncha katta emas, yaxshi tarmoq ulanishi sharoitida mavzularni juda tez yuklab olish mumkin. Shu bilan birga, turli tasvirlardan o‘zingizga tegishli shaxsiy mavzuni ham yaratish imkoniyati bor.

Screenshot_20160911-153157  Screenshot_20160911-153549

Ekranni grafik kalit, PIN-kod va parol yordamida bloklash mumkin. Barmoq izini tanish skaneri tatbiq etilmagan.

Kamera

HTC Desire 630 kameralari o‘rtacha narxdagi smartfonda kutiladigan texnik parametrlarga javob beradi. . Asosiy kamera 13MP (diafragma f/2,2), old kamera – 5 MP.  Qolaversa, har ikkala kameraga (old va orqa) BSI-sensor tatbiq etilganligi sababli HDR funksiyasidan foydalanshi mumkin. Bu esa kam yoritilgan sharoitlarda ham sifatli tasvir olishga xizmat qiladi.

Asosiy kamerada maksimum 4224X3136 piksel aniqligidagi rasmlarni olish mumkin. Ammo bunday aniqlikdagi rasmda ekran tomonlarining nisbati 4:3 ko‘rsatkichni tashkil etadi, ya’ni aynan mana shu aniqlikda olingan rasmlar to‘liq ekran formatida bo‘lmaydi. To‘liq formatdagi rasmlarni 10,0 MP aniqlikda 16:9 nisbatda olish mumkin.

Screenshot_20160911-155746 Screenshot_20160911-155509

Kameralarda video eng ko‘pi bilan Full HD (1920X1080) aniqligida yoziladi. Avtoportret, panorama rejimlari ko‘zda tutilgan. Ovozli buyryqlar yordamida tasvirga olish mumkin.

Screenshot_20160911-160536 Screenshot_20160911-160643

Old kamerada ham avtoselfi va ovozli selfi orqali ekranga barmoqni tekkizmasdan selfilarni olish mumkin. Albatta, bu narsa selfiga tushish paytida juda qo‘l keladi. Shuningdek, “tezkor makiyaj” funksiyasi teri rangini o‘zgarishga yordam beradi.

Quyida HTC Desire 630 kameralarida olingan tasvir namunalari keltirilgan.

Kommunikatsiya imkoniyatlari

HTC Desire 630 smartfonidagi kommunikatsiya imkoniyatlari chindan ham kishining diqqatini tortmay qo‘ymaydi. Ayniqsa, O‘zbekiston sharoitida ushbu telefondan foydalanish abonentga bir qator qulayliklarni taqdim etadi. Chunki smartfon nafaqat ikki SIM-kartaga mo‘ljallangan slot bilan “qurollangan”, balki unda CDMA tarmoq standartidagi aloqa imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Oddiyroq qilib tushuntiradigan bo‘lsak, siz bir vaqtning o‘zida ham GSM (Ucell, UMS, Beeline, UzMobile), ham CDMA (Perfectum Mobile, UzMobile) tarmog‘iga ulanishingiz mumkin. Bu, ayniqsa, ko‘p sayohat qiladigan va barqaror tarmoq ulanishiga muhtoj bo‘lgan kishilarga juda qulay.

Screenshot_20160911-220322 Screenshot_20160911-220354

Afsuski, qurilma 4G (LTE) rejimda ishlay olmaydi. Ammo bu narsa O‘zbekiston sharoitida katta ahamiyatga ega emas. Sababi ayni paytda, agar adashmasam, faqat Toshkent shahrida va Samarqand shahrining ma’lum joylari 4G (LTE) tarmoq bilan qoplangan. Qolgan hududlarda asosan 2G/3G tarmoq ishlaydi. Agar foydalanuvchi tezkor mobil internetdan faol foydalansa va u 4G (LTE) qoplami ega bo‘lgan hududda istiqomat qilsa, bu telefon uning talablariga mos kelmasligi mumkin. Biroq 5 kunlik foydalanish davomida telefonda tarmoq bilan muammolar kuzatilmadi. HTC Desire 630 2G va 3G standartlarida qoniqarli darajada ishlaydi. Eng muhimi siz yashayotgan manzilda tarmoq yaxshi sozlangan bo‘lsa kifoya.

Bundan tashqari, qurilmada micro-USB 2.0, Bluetooth 4.1, Wi-Fi 802.11 b/g/n (2,4 MGs) standartlari ham qo‘llab-quvvatlanadi.

Telefonni DLNA standarti orqali boshqa maishiy texnika turlariga ulash mumkin. Ammo, tan olshi zarur, bunday texnologiyadan bizda ko‘pchilik foydalanmaydi. NFC-tegning yo‘qligi modelning kamchiliklaridan sanaladi.

Dastur va ishlash sifati

Model Android 6.0 Marshmallow (HTC Sense interfeysida) versiyasida ishlaydi. Android 6.0 Marshmallow bugungi kunda jahon bozoridagi eng so‘nggi dastur versiyasi hisoblanadi. Android 7.0 Nougat chiqarilganiga hali ko‘p bo‘lmadi.

Smartfonga Qualcomm Snapdragon 400 (4 x 1,6 GGs) protsessori o‘rnatilgan. Qualcomm kompaniyasiga tegishli chiplar o‘zining samaradorligi va ishlash sifati bilan ajralib turadi. Shuning uchun telefonning bu ko‘rsatkichiga shubha bildirmaslik mumkin.

HTC Desire 630 Antutu va Geekbench kabi benchmarklarda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etmagan. Ba’zi ishlash sohalarida Xitoyning Xiaomi Redmi Note3, Lenovo ZUK Z1 modellari undan ilgarilab ketgan. Ammo bu narsa, faqat telefonning texnik parametrlarini o‘lchaydigan ko‘rchatkich, xolos. Aslida telefonga protsessorga uning ishlash imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘rnatiladi.

Shu o‘rinda modelning audio bilan bog‘liq imkoniyatlariga haqida bir-ikki og‘iz so‘z. HTC Desire 630 sifatli audio chiqarish tizimi bilan ta’minlangan. Smartfon oddiy SD formatga qaraganda 4 marta aniqroq ohangni taqdim qiladigan 24-bitli Hi-Res Audio standartiga ega. Shu bilan bir qatorda faqat naushniklar yordamida ta’minlanadigan HTC BoomSound profili DolbyAudio 4 formatida ham ishlay oladi.

Screenshot_20160911-230257  Screenshot_20160911-230840

Telefon ayni paytda sanoatda mavjud bo‘lgan eng oxirgi versiyalardan birida ishlaganligi bois umuman qotmaydi, buyruqlar yaxshi javob qaytaradi. Albatta, har qanday smartfonda bo‘lganidek, HTC Desire 630 dasturini o‘z vaqtida yangilashni tavsiya qilinadi.

Akkumulyator

Smartfonning batareyasi 2200 mA/st quvvatga ega. Aytish kerak, bu borada model juda ham yuqori ko‘rsatkichlarga ega emas. 3G tarmoq, internet va qo‘ng‘iroqlar faol bo‘lgan holatda o‘rtacha foydalanganda,  HTC Desire 630 akkumulyatorining zaryadi bir kunga yetadi.

Screenshot_20160911-232345 Screenshot_20160911-232308

Shuningdek, telefonda quvvatni standart va maksimum tejash rejimlari ham ko‘zda tutilgan. Albatta, bu quvvatni optimallashtirish va zaryad kam qolgan holatlarda telefon akkumulyatorining “umrini cho‘zishga” yordam beradi. Ammo maksimal quvvatni tejash rejimida faqat cheklangan ilovalardan foydalanish mumkin. Boshqa modellar bilan solishtirganda, HTC Desire 630 modelida ultra quvvat tejash rejimida faqat oldindan o‘rnatilgan dasturlardan foydaniladi, qo‘shimcha ilovalarni qo‘shish imkoniyati mavjud emas.

Xulosa

HTC Desire 630 dizayn va kommunikatsiya samaradorligi bo‘yicha yaxshi smartfon. Ayniqsa, unda sifatli audio chiqarish imkoniyatlariga katta e’tibor berilgan. Shuningdek, apparatda bir vaqtning o‘zida ham GSM, ham CDMA standartlaridan foydalanish ko‘pchilikka qo‘l kelishi tabiiy. Buning ustiga ikkita SIM-karta qo‘llab-quvvatlanadi.

Modeldagi kamchiliklar qatoriga NFC-modelning yo‘qligi, 4G standartning qo‘llab quvvatlanmasligi, batareyaning biroz kuchsizligi va ekran yorqinligining avtomatik sozlanmasligini kiritish mumkin.

Ba’zi manbalarda smartfonda barmoq izi skanerining yo‘qligi ham eslab o‘tilgan. Biroq bunday narxda taklif etiladigan telefondan bu kabi imkoniyatni talab etish to‘g‘ri emas.

Xulosa qilib aytganda, modelda katta imkoniyatlar ko‘zda tutilgan. O‘z narxi va segmentida qoniqarli texnik parametrlarga ega. Biroq kamchiliklar ham yo‘q emas.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

bmbox.com $150 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!