HTC Desire820 mini: “Malika”dagi ommabop-hamyonbop smartfon

HTC Desire820 mini: “Malika”dagi ommabop-hamyonbop smartfon

Taqdim etilgan yili: 2014 yil.

Ishlab chiqaruvchi: HTC kompaniyasi (Tayvan)

Ekran

HTC Desire 820 mini ekran diagonali 5 dyuymli smartfon. Uning ekranining piksellar sig‘imi – 720×1280, ya’ni HD. Sensor ekran IPS platformasida ishlaydi. Unda multitach texnologiyasi joriy qilingan, ya’ni displey barmoqning chertish darajasiga qarab ishlay oladi. Smartfon displeyida yorug‘likni aniqlash va unga ko‘ra undagi yorug‘lik darajasini sozlash funksiyasi mavjud.

Platforma

HTC Desire 820 mini 4 yadroli, chastota tezligi 1.2 Ggs bo‘lgan Qualcomm MSM 8916 Snapdragon 410 protsessori bilan ta’minlangan. Uning tezkor xotira sig‘imi 1 GB. Doimiy ichki xotira 8 GB bo‘lib, uni microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi orqali kengaytirish mumkin. Platforma Android 4.4 operatsion tizimining moslashtirilgan KitKat talqini boshqaruvida ishlaydi. Smartfon 2 kichik hajmli SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi.

Kamera

HTC Desire 820 mini 8 MP bosh hamda 5 MP old kameraga ega. Avtofokus funksiyasiga ega bosh kamerada 1920×1080 pikselli videolar suratga olish mumkin. Bosh kamera fotochaqnoq bilan ham ta’minlangan.

HTC Desire 820 mini’da olingan suratlarga baho bering:

Multimedia

HTC Desire 820 mini’ning audiopleyeri AAC, AMR, M4A, mid, MP3, OGG, WAV, WMA formatidagi audiofayllarni o‘qiydi. Shu bilan birga, videopleyerda 3g2, 3gp, AVI, MPEG-4, WMV formatidagi videolarni tomosha qilish mumkin. Smartfon korpusida 3,5 mm hajmdagi audio quloqchin konnektori mavjud.

Kommunikatsiya

HTC Desire 820 mini aloqaning 3G, GSM, LTE tarmqolarida faoliyat ko‘ratishga mo‘ljallangan. U orqali SMS, MMS xabarlar yuborish, WAP, EDGE, GPRS texnologiyalari yordamida internetdan foydalanish mumkin.

Smartfon o‘lchamlari: 150 x 73 x 9.6 mm., og‘irligi 162 gramm. HTC Desire 820 mini quvvat sig‘imi 2100 mA soat bo‘lgan akkumulyator bilan ta’minlangan.

Uning interfeysida Bluetooth 4.0, USB, Wi-Fi (n) texnologiyalari joriy etilgan. Shuningdek, HTC Desire 820 mo‘ljal olish sensori, oraliq masofani baholash sensorlariga ega.

Xulosa

2014 yilda Xitoy bozoriga $228 dollar bahosida sotuvga chiqarilgan HTC Desire 820 smartfoni bugunga kelib, yetarlicha ommalashishga erishdi. Ayni kunda uni yurtimiz smartfon bozoridan ham xarid qilish mumkin.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Малика 1,000,000 сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!